Samsung o‘ta arzon Galaxy J2 Core (2020) smartfonini taqdim etdi!

  •   DiMaX
  •  18433
  •  28.04.2020 10:37

Samsung o‘ta arzon Galaxy J2 Core (2020) smartfonini taqdim etdi!

Janubiy koreyalik texnogigant ortiqcha shov-shuvlarsiz Galaxy J2 Core (2020) rusumli yangi qurilmasini namoyish qildi. U arzon smartfonlar uchun maxsus ishlab chiqilgan Android 8 Go edition operatsion tizim talqiniga ega.

O‘QING: Android 10’gacha allaqachon yangilangan smartfonlar hamda undagi o‘zgarishlar ro‘yxati – Galaxy A50 misolida

Samsung kompaniyasi Android Go tizimli ilk smartfoni – Galaxy J2 Core modelini 2018 yili chiqargan edi. Uning bu yilgi versiyasi ham narxiga yarasha xususiyatlarga ega, o‘sha ikki yil avvalgi modeldan farqi kam.

Samsung Galaxy J2 Core (2020) diagonaliga 5 dyuymlik, tasvir aniqligi 960x540 piksellik ekranga ega.

Smartfonga 4 yadroli Exynos 7570 protsessori va bor-yo‘g‘i 1 gigabaytlik tezkor xotira o‘rnatishgan.

O‘QING: Hamyonbop Galaxy A21s – ulkan akkumulyatorli va «ko‘zi o‘tkir» smartfon

Lekin Galaxy J2 Core (2020) ichki xotirasi hajmi 16 gigabaytga yetkazilgan. Shuningdek, unga 256 gigabaytlikkacha hajmli microSD-karta ham qo‘ysa bo‘ladi.

Samsung yangi smartfoniga korpusdan olinuvchi, 2600 mA/soatlik akkumulyator qo‘yishgan.

Galaxy J2 Core (2020) asosiy kamerasi 8 megapiksellik yakka modulni va fotochaqnoqni o‘z ichiga olgan.

Selfi uchun esa 5 megapiksellik kamera mas’ul.

O‘QING: Smartfoningiz fotochaqnog‘iga qo‘shimcha imkoniyatlar baxsh etuvchi uchta bepul ilova

Galaxy J2 Core (2020) modeli Wi-Fi 802.11b/g/n (2,4 GGs) hamda Bluetooth 4.2 interfeyslariga ega, lokatsiyani aniqlash uchun GPS, Glonass va Beidou xizmatlaridan foydalana oladi.

Ikkita SIM-kartali bu telefon 4G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Galaxy J2 Core (2020) korpusida MicroUSB porti hamda quloqchin uchun standart audiotirqish mavjud.

Samsung bu smartfonini qora, ko‘k va pushti ranglardagi korpuslarda, atigi 83 dollardan sotadi.

O‘QING: Android 10 va uchtalik kamerali, «beli baquvvat» va zamonaviy smartfon – atigi 60 dollarga!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!