Samsung rekordchisi: keyingi arzon smartfon naq 6000 mA/soatlik akkumulyatorga ega!

  •   DiMaX
  •  2740
  •  31.07.2019 11:34

Samsung rekordchisi: keyingi arzon smartfon naq 6000 mA/soatlik akkumulyatorga ega!

Janubiy koreyalik gigant Galaxy M turkumidagi birinchi avlod smartfonlarida batareyalarining sig‘imdorligiga katta ahamiyat bergandi. Ma’lum bo‘lishicha, ularning keyingilarida bu jihat undan ham oshiq!

O‘QING: Eng «beli baquvvat» va arzon Samsung smartfonining yaxshilangan versiyasi – Galaxy M30s chiqyapti

Yangi ma’lumotlarga qaraganda, Galaxy M20s modeli bu borada rekordchi – 6000 mA/soatlik akkumulyator bilan ta’minyapti. Bu esa uning «ajdod»i – Galaxy M20 smartfoni batareyasidan naq 1000 mA/soatga oshiq ko‘rsatkich!

Aytish kerakki, Galaxy M20s smartfoni SM-M207 model raqami ostida tayyorlanmoqda. Agarda yuqoridagi ma’lumot rost bo‘lib chiqsa, ushbu qurilma avtonom ishlash vaqti bo‘yicha Samsung rekordchisi bo‘lishi mumkin.

Afsuski, Galaxy M20s modelining taqdimot vaqti hamda boshqa texnik xususiyatlari borasida hozircha ma’lumot yo‘q. Hozirgacha bozorga chiqarilgan har xil rusumlardagi Samsung telefonlarini esa 619 000 so‘mdan boshlangan narxlar evaziga Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Kuchaytirilgan hamyonbop – Galaxy A10s keyingi haftada chiqadi, narxi allaqachon ma’lum!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!