Samsung smartfonlariga noma’lum «kasallik» tushdi – yangilanishlarni o‘chirib qo‘ying!

  •   DiMaX
  •  1511
  •  23.05.2020 11:43

Samsung smartfonlariga noma’lum «kasallik» tushdi – yangilanishlarni o‘chirib qo‘ying!

Janubiy koreyalik gigant fevralda «megamonstr» deya maqtay-maqtay Galaxy M31smartfonini taqdim etgan edi. Ammo apreldagi yangilanishdan so‘ng bu qurilmalar «g‘isht»ga aylanib qola boshlagan.

O‘QING: 1000 dollarlik Galaxy S20+’ni mag‘lub etgan, o‘zi atigi 200 dollarlik smartfonni bilasizmi? («Jonli» test videosi)

Bugun – 23 may kuni ham Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Samsung smartfonlari foydalanuvchilari ommaviy tarzda shikoyat qila boshlashdi. Mazkur qurilmalar qanaqadir «xastalikka chalingan» – qora ekran bo‘lib qoladi, g‘alati belgilar ko‘rsatadi yoki tinimsiz o‘chib-yonaveradi.

Ma’lum bo‘lishicha, bunday ishkallar Samsung Galaxy S hamda Galaxy A turkumidagi devayslarda kuzatilmoqda, faqat Galaxy S20 turkumidagi flagmanlar bundan mustasno. Galaxy Note turkumini ham mazkur xatolik chetlab o‘tgan.

Weibo foydalanuvchilarining fikricha, bu holat Xitoyda qo‘llanadigan Oy taqvimi bilan bog‘liqdir. Chunki xatolik asosan kalendar ilovasi o‘z vaqtida yangilanmagan smartfonlarda uchramoqda – tizim sanani noto‘g‘ri hisoblab, «hushi boshidan uchib» ketyapti.

Bu holat yuzasidan tushuntirish so‘rab ko‘plab nashrlar Samsung’ga so‘rovlar yuborishgan, ammo ishlab chiqaruvchi hozircha sukut saqlamoqda. Boshqalar esa yuqoridagi holatning oldini olish maqsadida, smartfonda avtomatik yangilanishlarni o‘chirib hamda har ehtimolga qarshi ma’lumotlarning zaxira nusxasini yaratib qo‘yishni maslahat berishmoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy smartfonlariga kastom proshivkani qanday o‘rnatamiz?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!