Samsung taqdim etmasidanoq Galaxy F41 arzon kamerofonining rasm va xususiyatlarini Google sotib qo‘ydi

  •   DiMaX
  •  1526
  •  17.09.2020 12:02

Samsung taqdim etmasidanoq Galaxy F41 arzon kamerofonining rasm va xususiyatlarini Google sotib qo‘ydi

Kuni kecha biz Samsung kompaniyasi yangi – Galaxy F turkumida arzon kamerofonlar turkumiga asos solganligi haqida yozgandik. Mazkur seriyaning ilk vakili – Galaxy F41 modeli esa shu oyda, uzog‘i bilan oktyabrning boshida chiqadi.

O‘QING: Naq 7000 mAh batareyali Galaxy M51 sotuvga chiqdi: narx va jihatlari

Mana shu – hali ishlab chiqaruvchi hatto rasman e’lon qilib ulgurmagan smartfonni Google kompaniyasi sotib qo‘ydi. Aniqrog‘i – uning dasturchilarga mo‘ljallangan Google Play Console servisi ma’lumotlar bazasida Samsung Galaxy F41 modelining dizaynini ko‘rsatuvchi chizma-rasmlar, shuningdek, uning texnik xususiyatlari ham paydo bo‘lgan.

Mazkur manbaga ko‘ra, Galaxy F41 modelida Samsung o‘zining Exynos 9611 protsessorini qo‘llaydi va uni 6 gigabaytlik tezkor xotira bilan ta’minlaydi. Qurilmada grafikani qayta ishlashga esa ARM Mali-G72 grafik chipi mas’ul. Ekranning o‘lchamiga aniqlik kiritilmagan bo‘lsa-da, uning 2340x1080 piksellik ekanligi ma’lum.

O‘QING: Samsung eng arzon flagmani – Galaxy S20 FE taqdimotini rasman e’lon qildi

Samsung Galaxy F41 modelining ko‘rinishi, unda elementlarning joylashuvi esa quyidagi chizmada aks ettirilgan:

Insayderlarga ko‘ra, Samsung bu kamerofonini oktyabrda rasman namoyish etadi va 270 AQSh dollarigacha bo‘lgan narxda sota boshlaydi. Bosh kamerasi uch modulli bo‘lgan smartfon Android 10 operatsion tizimi asosidagi One UI 2.0 grafik qobig‘i boshqaruvida ishlaydi.

O‘QING: Samsung har bir sotilgan Galaxy Note 20 Ultra’dan bitta flagman smartfon pulicha foyda qilyapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!