«Smartfon — ikkinchi uyim...»

  •   DiMaX
  •  210
  •  12.05.2021 12:58

«Smartfon — ikkinchi uyim...»

Moddiy boyliklar orasida odam uchun eng keraklisi va qadrlisi bu, shubhasiz, shaxsiy boshpana, ya’ni uy. Va smartfon... Tadqiqotchilarga ko‘ra, zamondoshlarimiz o‘z smartfonlariga shunchalik bog‘lanib qolishganki, uning qadri uydan kam emas.

O‘QING: Achinarli statistika: Smartfondan foydalanish haqida 12 ta fakt!

Eng qizig‘i, smartfonparastlar faqat yoshlar emas, hamma — yettidan yetmishgacha, deb yozadi Xabar.uz nashri.

London universitet kolleji antropologlari Irlandiyadan Italiyagacha — to‘qqiz mamlakatda yoshi ulug‘lar smartfonlarni qay darajada ishlatishayotganini o‘rganishdi. Bir yil davom etgan tadqiqot ko‘rsatishicha, smartfon odamlarga shunchaki ermak emas, balki muhimligi bo‘yicha boshpanadan kam bo‘lmagan muhim vazifani bajaruvchi vositadir.

Kuzatishlar smartfonlardan foydalanish odamlar o‘rtasida jonli muloqotlar tobora kamayib borayotganini ko‘rsatmoqda. Bu barcha yosh toifalariga taalluqli. Nega bunday — aniq sababi topilmagan. Ehtimol, hamma gap ko‘pchilik WhatsApp kabi tezkor muloqot vositalaridan foydalanishni o‘rganib olganidadir? Odamlar har qachongidan sermuloqot bo‘lib ketishgan, faqat yuzma-yuz emas, onlaynda — ko‘chada XXI asr.

Siz ham yuqoridagilar toifasiga kirasizmi? Unda ijtimoiy tarmoqlardan qutulish yo‘llari, tarmoqlarda tark etishingiz lozim bo‘lgan o‘nta odat, smartfonga tobelikdan qutulish usullari, internetga bog‘lanib qolishning o‘nta belgisi, smartfon foydalanuvchisi uchun muhim 10 qoida haqidagi maqolalarimiz bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz.

O‘QING: Internetga bog‘lanib qolgansiz: buning 10 ta belgisi bor

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!