Smartfon kameralarining siz bilmagan 13 ta funksiyasi

  •   Saroy
  •  16102
  •  14.07.2018 17:36

Smartfon kameralarining siz bilmagan 13 ta funksiyasi

Smartfoningizning barcha imkoniyatlari sizga ayon, chunki siz qurilmani olganingizdan boshlab uning nimalarga qodirligini batafsil o‘rganib chiqqansiz, shu jumladan kamerasini ham.  Har holda birov so‘rasa telefoningiz haqida ishonch bilan shunday deysiz. Yaxshi suratga olish, selfi va panorama, bularning barchasi siz uchun oson ishga aylangan. Maxsus ob’yektni o‘rnatib, hujjatlarni skanerlash va QR-kodlarni sanash —  bu ham siz uchun muammo emas. Lekin siz hali ham samartfoningiz kamerasi haqida ko‘p narsani bilmaysiz, ishonavering. Sizning gadjetingiz yana nimalarga qodir? Quyida shu haqda hikoya qilamiz.

Yulduzlarga yonma-yon

Internet barchasi haqida ma’lumot berishi mumkin, lekin keling qiziqishlarimizni so‘ndirmaylikda, tez-tez osmonga qaraylik. Smartfoningiz yulduzlar manzarasi va koinot bilimdoni bo‘lib xizmat qiladi. Kamerani tungi chiroqlarga qarating, gadjet sizga Somon yo‘li, Chayon burji yoki XKS haqida so‘zlab beradi.Nima qilamiz: Smartfonga kerakli dasturni yuklab olamiz. IOS va  Android uchun Star Walk 2  observatoriya-ilovasi 3 dollar turadi, reklama bilan esa tekin. Yana boshqa, pul tulash shart bo‘lmagan  yaxshi softlardan biri,  — SkyView (IOS, Android) va  ChiOS uchun Night Sky.

O‘QING:Huawei “eng yaxshi surat oladigan smartfon” – P9’ni namoyish qildi

Rangni aniqlaydi

Ushbu funksiya nafaqat dizaynerlar, balki yigitlar uchun ham kerak. Chunki ular yaxshi ko‘rgan qizi qanday rangdagi liboslarni yoki sochi qaysi rangda bo‘lishi kerakligini, xullas uning soch rangini maqtayotganida qovun tushirib qo‘ymasligi kerakda. Bu borada yigitlarga smartfon yordam beradi.  Siz rangdagi nozik farqlarni ajrata olishdek noyob qobiliyatingiz, ranglarning ahamiyati haqida bilimingiz bilan qizni lol qoldirasiz. Hech bo‘lmaganda,  o‘zingiz uchun yangi ranglarni kashf etasiz.

Nima qilamiz: Android  uchun Color Identifier ilovasini o‘rnatamiz va kamerani bizni qiziqtirgan rangga qaratamiz. Soft uning rasmiy nomini aytib beradi.

O‘QING:Ilg‘or smartfonlarda olingan suratlarni taqqoslang

Ob’yekt haqida hammasini bilib olasiz

Istalgan ob’yektni suratga oling va u haqda Google’dan  ma’lumot oling. Do‘stlaringizni topqirligingiz bilan hayratga solishning eng ajoyib yo‘li: o‘simlikning nomi va tarixiy diqqatga sazovor joylar, ular haqida ma’lumotlar, endi bularning barchasi sizning cho‘ntagingizda.

Nima qilamiz: Google Photos  ilovasi keladi, unda Google Lens texnologiyasi ishlatiladi. Uni faollashtirish uchun tugmacha ekranning eng quyisida turibdi. 

Sog‘liqni nazorat qilish

Puls va stress darajasini o‘lchash, yurak urishingiz mashg‘ulotdan keyin qanchalik tez maromiga kelishini bilish, ma’lum bir mashqlardan keyin qancha yog‘ parchalanishini tushinish — bularning  barchasini bitta ko‘rsatkich barmog‘ingizni smartfon kameraga tekkizish bilan bilibolsa bo‘ladi. Mu’jiza!

O‘QING:Kameralar “jangi”: Galaxy S7 edge smartfoni LG G5 SE’ga qarshi

Nima qilamizInstant Heart Rate ilovasi — aniq va ishonchli raqamli kardiomonitor. Uni yaxshi yorug‘likda yoki chaqnog‘i bilan foydalaning. Tekin versiyasida reklama beriladi.

Umuman olganda, ko‘p hollarda standart paketida sog‘liq uchun ilova o‘rnatiladi. Google Fit, Samsung Health yoki «Zdorove» iOS’da .  

iPhone’ni bosh harakati bilan boshqarish

Birinchidan, bu juda qiziq. Ikkinchidan, kelajakda kerak bo‘lib qolishi mumkin. Amalda  hands-free texnologiyasini iOS 7 uchun ishlatish mumkin. Siz boshingizni biroz chapga eging, va smartfonda siz buyurgan funksiya faollashadi.

Nima qilamiz: Sozlagichdan «Osnovnie» punktini tanlang, keyin — «Universalniy dostup», «Fiziologiya va motorika» va «Switch Control». U yerdagi «Pereklyuchateli» bo‘limida ma’lum bir harakatlarni to‘g‘rilashingiz mumkin.

O‘QING:Bir ob’yektivli Galaxy S8 bosh kamerasi “qo‘sh ko‘zli” LG G6 va iPhone 7 Plus’ga qarshi

Smartfonni yuz bilan blokdan yechish

Faqat ayfon «o‘ninchi» da emas. Android uchun ham zo‘r fishkalar bor. Telefon kamerasi egasining yuzini taniy oladi va qurilmani avtomatik tarzda blokdan yechadi.

Nima qilamiz: Sozlagichda «Bezopasnost» bo‘limi bor, undagi «Smart Lock» punktini faollashtiring. Darvoqe, o‘sha yerda ovozni tanishni ham sozlab olish mumkin. Ayfon egalari hozircha video ko‘rib vaqtini xushnud o‘tkazishi mumkin.

O‘QING:Oukitel U22 — jahonning 4 kamerali smartfoni!

Matnni tarjima qiladi

Shunday vaziyatni ko‘z oldingizga keltiring: siz sayohatdasiz, restoranga kirdingiz va notanish tilda yozilgan menyuga tashvish bilan tikilib turibsiz. Har bir punktni tarjima qilib o‘tirish juda qiynab yuboradi. Lekin kameradan skaner o‘rnida foydalanib menyu sahifasini suratga olsangiz, shu zahotiyoq tarjimasini olasiz.

Nima qilamizInstant Translate funksiyasiga ega  Google Translate ilovasi yordam beradi (kamera tasviri aks etgan tugmacha faollashadi). Darvoqe,  ilova  Android uchun ham,  iOS uchun ham ishlaydi.

Teridagi o‘zgarishlarni nazorat qiladi

Yana bir layfxak sog‘ligiga befarq bo‘lmaganlar uchun. Smartfon kamerasi terida paydo bo‘layotgan  shubhali donachalarni aniqlaydi va tahlil qiladi. U sizga vrachga ko‘rinish shartmi yoki yo‘qmi, yoki shunchaki, zararsiz xolmi shu haqda  xabar qiladi.

Nima qilamiz: klinik tajribadan chiqqan SkinVision ilovasini yuklab oling. Bir oyligi  4,99 funt sterling turadi.

O‘QING:Smartfonlar bizni qanchalik o‘zgartirdi?

Masofani o‘lchaydi

Uzun va yirik o‘lchov asboblarini endi uniting. Bugungi kunda smartfonlar uchun telemetrik ilovalar kamera yordamida ob’yektning bo‘yi, eni va balandligi hamda ungacha bo‘lgan masofani aniq aytib bera oladi.

Nima qilamiz:  Android uchun Smart Measure Pro ilovasini yuklab o‘rnatib oling,    iOS  uchun esa Dot Measure ilovasini.

Xavfsizlikni nazorat qiladi

Qimmat aqlli kameralarning arzon muqobili bo‘lgan videokuzatuv, bu sizning smartfoningiz. Aniqrog‘i ikkita smartfon: ikkita qurilma kerak bo‘ladi, birida, ya’ni  kamerasi bori bilan siz uyda yo‘q paytingizda farzandlaringiz nima qilayotganini kuzatib turasiz, yoki shunchaki, uyingiz xavfsiz holatda turganiga ishonch hosil qilasiz.

Nima qilamiz: Manything ilovasi uchun 13 dollargacha to‘lash kerak bo‘ladi, lekin arziydi. Bu soft istalgan vaqtda kamera orqali ikkinchi smartfonga yoki planshet va noutbukga uydagi ahvolni yozib uzatadi. Yana u xonalarda qandaydir harakat bo‘layotganini bilib qolsa bu haqda bildirishnomani ham jo‘nata oladi.

O‘QING:LG K10 – o‘rtacha narxda chiroyli va katta ekranli smartfon

Tez va to‘g‘ri hisoblaydi

Bu yerda ham tarjima qilishdagi holat yuzaga keladi. Smartfon klaviaturasida  uzun arefmetika misollarini yechib o‘tirishga har doim ham vaqtimiz bo‘lavermaydi.

Nima qilamizPhotomath ilovasi bilan misol yoki vazifani suratga oling va u sizga bosqichma bosqich ko‘rsatadi. Soft raqamlar, kasrlar, tenglama, logarifm, trigonometr va integrallar bilan ishlaydi. Ilova tekin.

Tyeplovizor o‘rnida foydalanish

Teplovizor — bu ko‘p funksiyali va foydali narsa. Uning yordamida josuslik o‘yinini ham o‘ynasa bo‘ladi (u odamni sizdan yarim kelometrlik masofada ham aniqlab beradi) va issiqlik yo‘qotishini ham topib beradi (masalan, derazadan shamol esyapti, lekin aniq qayerdanligini bilolmayapsiz).

Nima qilamiz: Opgal kompaniyasi jajjigina  teplovizion gadjetini ishlab chiqarmoqda, uning nomi Therm-App.  U smartfon kamerasiga mahkamlanadi va issiqlik energiyani yorug‘lik tasviriga aylantirib beradi. Therm-App 999 dollar turadi va hozircha faqat Android bilan ishlaydi. Smartfonlar uchun yana bir arzon teplovizor, bu Flir One. U 222 dollar bo‘lib, Amazonda sotib olsa bo‘ladi.

Buyumni yaqinroq ko‘rsatadi

Guzallik shaydolari va uy tadqiqotchilariga smartfonni mikroskopga aylantirish g‘oyasi yoqishi turgan gap. Albatta, uning kuchi qandaydir o‘simlikning kletkasi yadrosini ko‘rishga yetmas. Lekin bunday gadjetlar masalan biologiyaga qiziqadigan bolalar uchun ayni muddao bo‘lishi tayin.

Nima qilamiz: Qo‘shimcha devays sotib olish kerak, ya’ni smartfon uchun  Ravensburger Science X Smartscope Science Kit mikroskopini sotib olish kerak. Amazon orqali 30 dollarga buyurtirsa bo‘ladi.

O‘QING:FabFocus ilovasi eski iPhone’larga qo‘sh kamera funksiyalaridan foydalanishga yordam beradi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!