Snapdragon 865 chipli ilk smartfon – Mi Note 10’ni yoqiq holida «jonli» ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  2199
  •  17.10.2019 16:35

Snapdragon 865 chipli ilk smartfon – Mi Note 10’ni yoqiq holida «jonli» ko‘ramiz!

Xiaomi korporatsiyasi avvalroq to‘xtatib qo‘yilgan Mi Note turkumining yangi vakilini shu oydayoq taqdim etishi haqida yozgandik. Mazkur fablet Galaxy Note 10 (sotib olish) planshetofonining «kushanda»si bo‘lishi kutilayotir.

O‘QING: MIUI 11'ning barqaror global proshivkasiga o‘tuvchi smartfonlar ro‘yxati e’lon qilindi

Mashhur insayder Mukul Sharma (Mukul Sharma) kuni kecha ushbu modelning qadog‘i aks etgan «jonli» rasmni e’lon qilgan:

Xiaomi Mi Note 10 hali hali rasman namoyish etilmagan Snapdragon 865 protsessori bazasiga qurilishi, mazkur chipsetning model raqami SM8250, kodli nomi esa Kona ekanligi ham ma’lum.

O‘QING: 5 nanometrlik Snapdragon 875 protsessori TSMC bilan hamkorlikda ishlab chiqariladi

Hindistonlik insayder bugun – 17 oktyabrda esa Xiaomi Mi Note 10 modelining ekrani yoqiq holdagi «jonli» rasmlarini ham Twitter’da ulashdi. Displeydagi yozuvlariga qaraganda, bu smartfon 6 gigabaytlik tezkor va 128 gigabaytlik ichki xotiraga ega:

Shunisi ham borki, rasmda aks etgan qurilmaning Mi Note 10 ekanligiga ko‘pchilik shubha bilan qarayapti. Ayrim taxminlarga ko‘ra, bu Galaxy S11 yoki Xiaomi Mi 10 flagmanlaridan birining prototipi bo‘lishi mumkin.

Xiaomi korporatsiyasining global sotuvga qo‘yilgan ko‘plab telefonlarini 610 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar asosida Terashop.uz onlayn do‘konimizdan sotib olish mumkin. Darvoqe, «Xitoycha Apple»ning yaqinda namoyish qilingan smartfonlari – Redmi Note 8 va Redmi Note 8 Pro modellari ham yetib kelgan.

O‘QING: 1 noyabrgacha smartfon olishga ulguring, keyin IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish pulli bo‘lib, narxlar ham oshadi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!