Snapdragon 895 chipli ilk smartfon e’lon qilindi va bu Xiaomi emas!

  •   DiMaX
  •  908
  •  02.07.2021 17:28

Snapdragon 895 chipli ilk smartfon e’lon qilindi va bu Xiaomi emas!

Qualcomm kompaniyasi Snapdragon 888 Pro rusumli chipseti tayyorlayotgani, uning bazasida birinchi bo‘lib Honor, Xiaomi yoki Lenovo smartfon chiqarishi haqida xabarlar yurardi. Amerikalik chipsoz 28 iyun kuni chindan ham flagman protsessorini namoyish etdi, ammo uning nomi boshqacharoq Snapdragon 888 Plus ekan.

O‘QING: Snapdragon 888 Pro benchmarkda: uning «oddiy» Snapdragon 888 flagmanidan farqi nimada?

Bulardan tashqari, amerikalik chipsoz yana Snapdragon 895 rusumli protsessor tayyorlayotgani va uning ilk bor Xiaomi Mi 12 Ultra flagmanida qo‘llanishi ham aytilgan. Yaqinda chiqqan xabarlarga qaraganda, bu borada Lenovo uni dog‘da qoldirmoqchi.

Ammo bu ikkalasiga ham yangi raqib paydo bo‘ldi: bu – eng tez o‘sib kelayotgan Realme brendidir. Uning vitse-prezidenti Von Vey (Wang Wei) bayonotiga ko‘ra, kompaniya allaqachon Snapdragon 800-seriyasidagi keyingi avlod protsessori bazasida yangi flagman tayyorlamoqda.

Garchi boshqa tafsilotlari ochiqlanmagan bo‘lsa-da, insayderlar bu smartfonning bozorga Realme GT2 nomi ostida chiqishini aytishmoqda. Agarda u Xiaomi Mi 12 turkumidan oldin namoyish etilsa, chindan ham «Xitoycha Apple» dog‘da qolishi aniq.

O‘QING: Yil so‘ngida yoki kelasi yil boshida chiqadigan Xiaomi Mi 12 ilk suratlarda!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.