Tashqi ishlar vazirligi ikkita Telegram-kanal ochdi va sizdan maslahat so‘rayapti

  •   DiMaX
  •  1273
  •  25.12.2019 11:20

Tashqi ishlar vazirligi ikkita Telegram-kanal ochdi va sizdan maslahat so‘rayapti

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi avvalroq YouTube’da o‘z kanalini ishga tushirgan, virtual qabulxona ochgan, keyinroq «call-center» yagona qisqa telefon raqamini ishga tushirgan edi. Endi esa Vazirlik o‘z faoliyatini Telegram messenjerida ham yoritib borishga qaror qildi.

O‘QING: Instagram’da tarqalgan videomurojat bo‘yicha TIV rasmiy ma’lumot berdi

2019 yil 24 dekabrdan boshlab Telegram’da O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining o‘zbek va rus tillaridagi kanallari ochildi, deyiladi uning rasmiy saytida.

Xabarga ko‘ra, bu kanallar hozircha sinov tariqasida ishlamoqda. TIVning Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi messenjerda samarali ish yuritish bo‘yicha amaliy maslahatlar va tavsiyalar uchun minnatdor bo‘ladi.

Ayni paytda Tashqi ishlar vazirligi Facebook va YouTube tarmoqlarida ham o‘z sahifalariga ega ekanligi eslatib o‘tiladi.

Tashqi ishlar vazirligining Telegram’dagi manzillari: https://t.me/uzbekmfa hamda https://t.me/uzbekmid.

O‘QING: «O‘zbektelekom»: 1 yanvardan narxlar 56 ming so‘mgacha pasaymoqda!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!