TCL cho‘ziluvchan ekranli smartfon va Z-simon buklamafon yaratdi! («jonli» videolar)

  •   DiMaX
  •  1080
  •  06.03.2020 14:46

TCL cho‘ziluvchan ekranli smartfon va Z-simon buklamafon yaratdi! («jonli» videolar)

Energizer brendi ostida o‘z mahsulotlarini taqdim etib kelayotgan TCL kompaniyasini bilasiz. Bultur u qayishqoq ekranli smartfonlar yaratish uchun DragonHinge texnologiyasini namoyish etgan edi.

O‘QING: «Jonli» video: bitta Mate X narxiga uchta buklama 5G-smartfon – Energizer Power Max P8100S olish mumkin!

Kompaniya endi ana shu DragonHinge texnologiyasi asosida yaratilgan, har biri o‘ziga xos form-faktorli bo‘lgan ikkita smartfon prototipini birdaniga namoyish qildi. Ulardan birinchisi ekrani cho‘ziluvchan smartfon bo‘lib, unaqasini shu paytgacha faqat patent arizalarida va konseptual videolardagina ko‘rar edik:

Ekrani cho‘ziluvchi smartfon (bunaqasini «cho‘zmafon» desak qanaqa bo‘lar ekan?) – bir qarashda diagonaliga 6,7 dyuymlik displeyga ega smartfondir. Lekin uning o‘ng chekkasidan tortib, 7,8 dyuymlik planshet holiga keltirish mumkin.

O‘QING: iPhone 13 – futuristik slayderni «jonli» videoda ko‘ramiz!

Quyida esa TCL tayyorlagan cho‘ziluvchan displeyli qurilmaning «jonli» videosini GIF-formatda tomosha qilamiz:

Yuqorida ko‘rib turganingizdek, smartfon «yig‘ilgan» holatida uning qayishqoq OLED-displeyi qisman korpus ichiga kirib turadi; qurilmani «yoyganda» esa o‘sha qismi ham korpusning old yuzasiga chiqadi. Afsuski, uning ishlaydigan prototipi hozirda Uxan shahrida qolgan; koronavirus epidemiyasi sababli kompaniya uni ola bilmayapti va shu boisdan hozircha faqat maketini ko‘rsatyapti.

O‘QING: Xiaomi'ga koronavirusning ham kuchi yetmadi!

Kompaniyaning yana bir konseptual gadjeti – 10 dyuymlik planshet bo‘lib, uning qayishqoq displeyi ikki joyidan, «Z» shaklida buklanadi. Istakka qarab, ekranning bitta, ikkita yoki uchta qismidan ham foydalanish mumkin.

Ko‘rib turganingizdek, displeydagi foydalanuvchi interfeysi ham devaysning holatiga qarab o‘zgaradi. Lekin namoyishga tayyorlangan namunadan ham ko‘rinib turibdiki, kompaniya uni hali optimizatsiya qilishi kerak.

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 4 allaqachon ijara saytiga chiqdi: «ikki karra buklama displey», 60 MPlik kamera!

Quyida esa shu ikkala smartfonni qanday ishlatayotganlarini «jonli» videoda ko‘ramiz:

TCL bu ikkala qurilmasining ham texnik jihatlarini oshkor etmayapti. Umuman olganda, ular konseptual modellar bo‘lib, bozorga taqdim etish uchun seriyali tarzda ishlab chiqarilishi ham aniq emas.

O‘QING: Apple hamma yog‘i faqat displeydan iborat iPhone patentladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!