Telegram Desktop barqaror 1.4.0 talqinida chiqdi: yangi imkoniyatlari bor!

  •   DiMaX
  •  680
  •  29.09.2018 12:47

Telegram Desktop barqaror 1.4.0 talqinida chiqdi: yangi imkoniyatlari bor!

O‘zbekistonda keng ommalashgan Telegram messenjeri jamoasi uning turli platformalar uchun kliyentlarini taqdim etishgan. Jumladan, kompyuter va noutbuklarda qo‘llashga moslangan Telegram Desktop dasturi barqaror 1.4.0 versiyasigacha yangilandi.

O‘QING: Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun tugmachalar kombinatsiyalari

28 sentyabrda yangilangan 1.4.0 talqinidagi Telegram Desktop ilovasida quyidagicha yangi imkoniyatlar taqdim etilgan:

  1. Sozlamalar xuddi mobil kliyentdagidek, yangicha dizaynga o‘tkazilgan.
  2. Dastur sozlamalarida interfeys mavzularini tanlash yangicha ko‘rinishda taqdim etilgan.
  3. Ilovaning o‘zida to‘rtta mavzu mavjud: ikkitadan ochrang va to‘qrang – tungi mavzular.
  4. Telegram Desktop keshining kompyuter xotirasida qancha hajmda saqlanishi uchun endi limit belgilash mumkin.
  5. Sozlamalarda yangi bandlar: qo‘ng‘iroqlar uchun P2P sozlamalari, animatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish imkoni kabi.
  6. Kliyentning barqaror versiyasi o‘rnatilgan bo‘lsa, uning beta-versiyalarini olishni yoqib qo‘yish imkoni bor. Shuningdek, aksincha – beta-versiyasi o‘rnatilgan bo‘lsa, uning yangilanishini o‘chirib qo‘yish ham mumkin.
  7. Telegram Desktop ilovasi interfeysida qaysi til o‘rnatilgan bo‘lsa, endi har gal o‘zgarishlar ro‘yxati sizga shu tilda keladi.
  8. Turli yaxshilash va tuzatishlar amalga oshirilgan.

Agarda siz ham kompyuter yoki noutbukingizda Telegram Desktop dasturi ishlatayotgan bo‘lsangiz, uni yangilab oling. Bu kliyentdan foydalanmayotganlar esa uni mana bu havola orqali messenjerning rasmiy saytidan yuklab olishlari mumkin.

Darvoqe, Telegram’ning iOS-ilovasi ham Swift tilida butunlay boshqatdan yozib chiqilgan 5.0.8 versiyasigacha yangilandi. Endi navbat – mazkur messenjerning Android-ilovasiga!

O‘QING: Telegram’ni kod-parol yordamida himoya qilishni bilasizmi?