Telegram Desktop ham 1.3.13 talqinigacha yangilandi!

  •   DiMaX
  •  1617
  •  27.08.2018 16:10

Telegram Desktop ham 1.3.13 talqinigacha yangilandi!

«Yashil robotchali» mobil qurilmalar uchun taqdim etilgan Telegram ilovasining yangilangani haqida yaqindagina xabar bergan edik. Ommabop messenjerning kompyuterlar va noutbuklarda qo‘llash uchun chiqarilgan Telegram Desktop dasturi ham barqaror 1.3.13 versiyasida taqdim etildi.

O‘QING: Telegram’ning Android-ilovasi 4.9.1 talqinda: yangi imkoniyatlar bilan tanishing!

1.3.13 talqinidagi Telegram Desktop kliyentida quyidagi o‘zgarishlarni sanab o‘tish mumkin:

  1. Interfeysning tungi mavzusi qo‘shilgan.
  2. Dasturni o‘rnatishda uning kunduzgi yoki tungi mavzusidan birini tanlash mumkin.
  3. Alohida chatlardan ma’lumotlarni eksport qilish imkoni qo‘shilgan.
  4. Telegram Passport 1.1 talqini bilan ma’lumotlar himoyasi yanada mustahkamlangan.
  5. Ovozli qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishda qo‘llanuvchi libtgvoip kutubxonasi 2.2.2 talqinigacha yangilangan.
  6. Turli tuzatish va yaxshilash ishlari amalga oshirilgan.

Telegram Desktop’ni messenjerning rasmiy saytidan mana bu havola orqali yuklab olib o‘rnatish mumkin. Agarda oldindan uni ishlatayotgan bo‘lsangiz – yangilab ko‘ring.

O‘QING: Ucell abonentlari uchun maxsus Telegram-bot: endi sizga USSD-kodlar va qisqa raqamlar kerak bo‘lmaydi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.