Telegram’ning kompyuter versiyasida ham endi bir nechta akkauntdan foydala olasiz!

  •   DiMaX
  •  705
  •  06.07.2020 12:54

Telegram’ning kompyuter versiyasida ham endi bir nechta akkauntdan foydala olasiz!

Dunyoda eng tez ommalashayotgan messenjerlardan biri – Telegram mobil kliyentlarida bir nechta akkauntlardan foydalanish mumkin. Endi esa uning kompyuter versiyasi – Telegram Desktop dasturiga ham ushbu imkoniyat qo‘shildi.

O‘QING: Telegram messenjerining Android-ilovasida yashirin foydali funksiya topildi

Bu haqda Telegram’ning o‘zbek tilida yuritiladigan rasmiy – Telegram Uzbekistan kanali ma’lumot bermoqda.

«Siz kutgan vaqt keldi — Telegram Desktop 2.1.14 beta-talqinida siz mobil ilovadagidek 3 ta akkauntdan foydalanishingiz mumkin», – deyiladi xabarda.

Shunday qilib, bir nechta profildan foydalanish yanada qulayroq bo‘ladi:

  • 1 dasturda 3 ta profil;
  • 1 kompyuterga esa cheksiz dasturlarni o‘rnatish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, Telegram yaratilgan qulayliklarga qaramay, soxta akkauntlardan foydalanish yaxshi emasligini eslatib o‘tdi.

O‘QING: Telegram’da videoqo‘ng‘iroq ishga tusha boshladi – uni qanday faollashtiramiz?