«Teshik» ekranli yana bir smartfon – Lenovo Z5s taqdimot ham sanasi aytildi: xo‘sh, kim birinchi ekan?

  •   DiMaX
  •  971
  •  04.12.2018 16:15

«Teshik» ekranli yana bir smartfon – Lenovo Z5s taqdimot ham sanasi aytildi: xo‘sh, kim birinchi ekan?

Samsung o‘zining Galaxy A8s modelida old kamera uchun ekranda «tirqish» ochayotganini e’lon qilgandi. Ammo «tirqish»li displeyga ega ilk smartfonni taqdim etayotganini birinchi bo‘lib Huawei rasman e’lon qilgan, tag‘in boshqalardan «bir qadam oldinda» ekanini aytib maqtangan ham edi. Shunday bo‘lsa-da, janubiy koreyalik kompaniya «otni qamchilab» qoldi...

O‘QING: Nihoyat, Samsung ham ekrani «tirqish»li Galaxy A8s’ni taqdim etyapti – Huawei’ga yo‘l bo‘lsin!

Bu ikkalasidan tashqari, Lenovo’ning ham «teshik» ekranli smartfoni «jonli» surati bilan fosh etilgan, keyinroq esa uning «jonli» video va rasmi e’lon qilingan edi. Bugun Gizchina nashri ushbu antiqa smartfonning taqdimot sanasi ko‘rsatilgan rasmiy posterini e’lon qildi:

Demak, displeyi «tirqish»li, asosiy kamerasi uch modulli Lenovo Z5s smartfoni nafaqat Huawei Nova 4 modelidan, balki hatto Samsung Galaxy A8s devaysidan ham avval – 6 dekabrda taqdim etilar ekan!

O‘QING: Mi Mix 3 va Honor Magic 2’ga o‘xshash, lekin atigi 288 dollarlik Lenovo Z5 Pro rekord o‘rnatdi!

Umuman olganda, keyingi paytlarda Lenovo kompaniyasi marketingni kuchaytirish evaziga mahsulotlarining yaxshi sotilishiga erishib kelayotir. Ayni mana shu smartfonining taqdimot sanasi borasida ham u avval raqiblarini kuzatgan bo‘lishi ehtimoli katta. Ya’ni, dastlab xitoylik, keyin janubiy koreyalik texnogigant o‘zlarining «teshik» ekranli smartfonlarini qachon namoyish etishlarini aytishdi. Ularning taqdimot sanalari ma’lum bo‘lganidan keyingina Lenovo o‘zining shunday modelining taqdimot sanasini ularnikidan oldinga belgilagan.

Lenovo Z5s, Nova 4 va Galaxy A8s modellarining O‘zbekiston bozoriga rasman yetib kelishini kutmasak ham bo‘laveradi – ular «Osmon osti saltanati»ga mo‘ljallangan. Lekin Terashop.uz internet-do‘konimizdan Samsung kompaniyasining ayrim smartfonlarini 899 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish, Huawei’ning bir qator «aqlli» telefonlarini 890 000 so‘mdan boshlangan baholarda xarid qilish mumkin. Bulardan tashqari, eng xaridorgir brendlardan bo‘lmish «xitoycha Apple» telefonlari ham savdoga qo‘yilgan.

O‘QING: Terashop.uz’da Xiaomi smartfonlari narxlari (2018 yil 3 dekabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.