Tesla bir kunda naq $50 milliardga qimmatladi!

  •   DiMaX
  •  417
  •  06.04.2021 13:15

Tesla bir kunda naq $50 milliardga qimmatladi!

Kuni kecha biz Tesla kompaniyasi birorta Model S yoki Model X chiqarmasdan ham savdoda rekord o‘rnatgani haqida yozgandik. O‘sha hisobotdan so‘ng kompaniya aksiyalari narxi birdaniga ko‘tarilib ketgan.

O‘QING: «Yo‘lni bo‘shat, Tesla!» – ilk «quyosh» avtomobili ishlab chiqildi

Aksiyalar bir kundayoq 8 foizga qimmatlab, oy davomidagi maksimum ko‘rsatkichga yetgan. Shuning natijasida elektrokarlar bozorining lideri bo‘lmish Tesla kompaniyasining bozor qiymati ham 50 milliard dollarga oshgan.

Hozir butun dunyoda kuzatilayotgan mikrosxemalar yetishmovchiligi avtomobilsozlik sohasiga ham zarba bergan. Shunga va kuchayib borayotgan raqobatga qaramasdan, Tesla baribir bu yilning ilk choragida ham taxminan o‘tgan yilning so‘nggi kvartalidagi miqdorda elektromobil ishlab chiqarishga erishgan.

Kompaniya kapitalizatsiyasi oshuvi ortidan uning rahbari Ilon Mask boyligi ham ko‘payib bormoqda. Umuman olganda, so‘nggi bir yil mobaynida uning sarmoyasi sakkiz baravardan ko‘proqqa oshgan!

O‘QING: Ilon Mask shunchaki bosh direktor emas – endi u rasman «texnoqirol» bo‘ldi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.