Tim Kuk endigina milliarder bo‘ldi, lekin baribir eng boy 500 kishi ro‘yxatiga ham kira olmadi!

  •   DiMaX
  •  755
  •  11.08.2020 13:42

Tim Kuk endigina milliarder bo‘ldi, lekin baribir eng boy 500 kishi ro‘yxatiga ham kira olmadi!

Apple dunyodagi eng qimmat kompaniya bo‘lib turibdi – hozir uning kapitalizatsiyasi 2 trillion dollarlik marraga yetay deb qolgan. Lekin korporatsiya rahbari Tim Kuk unchalik badavlat emas – endigina milliarderga aylandi.

O‘QING: iPhone 11 Pro’da suratga olingan ilk film Tim Kukni ham hayratga soldi! (+video)

Apple aksiyalarining keyingi paytlarda shiddat bilan qimmatlashib borishi sababli boshlig‘ining boyligi ham milliard dollarga yetdi. Lekin u baribir sayyoramizdagi eng badavlat 500 kishi qatoriga ham qo‘shila olgani yo‘q.

Tim Kukning sarmoyasi «atigi» bir milliard dollarga yetgan bo‘lsa, uch nafar IT-gigant rahbarlari allaqachon yuz milliard dollarlik marrani zabt etishgan. Bular – Facebook asoschisi Mark Sukerberg (100 milliarddan oshiq), Amazon bosh direktori Jeff Bezos (190 milliard dollardan ziyod) va Microsoft korporatsiyasi muassisi Bill Geyts (120 milliard dollardan ortiq).

Apple rahbari haqidagi yangilikni e’lon qilgan Bloomberg nashrining ta’kidlashicha, yuqoridagi raqam aniq bo‘lmasdan, balki me’yoriy hujjatlar hamda boshqa ma’lumotlar tahlili asosida hisoblab chiqarilgan. Buning ustiga, Tim Kuk hamisha katta miqdorda xayriya ishlarini olib borishi va buni anonim tarzda qilishi bilan mashhur. Shunday ekan, olayotgan daromadining qanchasi o‘zida yig‘ilib borayotganini aniqlash mushkul, yuqoridagi kabi raqamlar esa doimo nisbiy va taxminiydir.

O‘QING: Apple bosh aksioneri ham, nihoyat, Samsung tugmachali telefonini tashlab iPhone oldi, lekin...

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!