TOP-10: Baykercha zombi-ekshen o‘yini chiqiboq chart lideriga aylandi

  •   DiMaX
  •  897
  •  24.05.2021 17:32

TOP-10: Baykercha zombi-ekshen o‘yini chiqiboq chart lideriga aylandi

O‘tgan haftada taqdm etilgan o‘yinlarning eng muhimi – Days Gone loyihasining kompyuter versiyasi bo‘ldi. Steam onlayn do‘konining haftalik u Mass Effect Legendary Edition o‘yinini ham ortda qoldirib, yetakchiga aylandi

O‘QING: Nihoyat, ko‘p maqtalgan rolli o‘yin Android uchun ham chiqyapti! (+video)

Days Gone o‘yini Sony Interactive Entertainment noshirligida SIE Bend Studio tomonidan ishlab chiqilgan va 2016 yilning 13 iyunida namoyish etilgan. Oldin faqat PlayStation uchun eksklyuziv bo‘lgan bu o‘yin o‘tgan seshanba – 18 may kuni kompyuterlar uchun ham chiqdi. U sarguzasht-jangari o‘yin bo‘lib, survival horror unsurlarini ham o‘zida jamlagan.

O‘yin voqealari AQSh hududida global pandemiyadan bir necha yil keyingi davrda bo‘lib o‘tadi. Geymer unda bosh personaj – Dikon Sent-Jon ismli bayker rolini o‘ynaydi. Mototsiklchi epidemiya tufayli aholining aksariyati «frik»larga aylangan dunyoda jon saqlashga urinadi.

O‘QING: Geymer lavozimida ish bor – maoshi yiliga 41 ming dollar!

Shunday qilib, Steam onlayn do‘konida 17 maydan 23 maygacha bo‘lgan davrda sotilishi bo‘yicha o‘yinlar charti quyidagicha:

  1. Days Gone
  2. Mass Effect Legendary Edition
  3. Biomutant
  4. Resident Evil Village
  5. Subnautica: Below Zero
  6. Red Dead Redemption 2
  7. Valve Index VR Kit
  8. The Witcher 3: Wild Hunt GOTY
  9. It Takes Two
  10. Cyberpunk 2077

Xo‘sh, siz bulardan qaysilarini o‘ynab turasiz?

O‘QING: Boylar ham o‘ynaydi: Ilon Maskning sevimli videoo‘yinlari qaysilar?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!