TOP-10: Bu gal endi eng kuchli smartfonlar boshqa! (AnTuTu reytingi, 2020 yil fevral)

  •   DiMaX
  •  3819
  •  03.03.2020 13:46

TOP-10: Bu gal endi eng kuchli smartfonlar boshqa! (AnTuTu reytingi, 2020 yil fevral)

Ertalab biz Master Lu benchmarkiga ko‘ra fevral oyining eng qudratli o‘n to‘rtta smartfoni reytingini e’lon qilgan edik. Biroq endi AnTuTu taqdim etgan reyting undan jiddiy farq qiladi.

O‘QING: AnTuTu’da «Sayyoraning eng qudratli smartfoni»ni ham «yer tishlatgan» yangi qirol!

AnTuTu ro‘yxatida birinchi o‘rinni salkam 600 ballik natija bilan Xiaomi Mi 10 Pro zabt etgan; holbuki, Master Lu reytingida u atigi beshinchi o‘rinnigina egallay olgan edi. U yoqda zo‘rg‘a sakkizinchi o‘ringa ilinib qolgan Xiaomi Mi 10 esa bu yerda ikkinchi pog‘onada savlat to‘kib turibdi! Aytish kerakki, yangi reytingda faqat mana shu ikkalasigina Snapdragon 865 protsessori bazasiga qurilgan.

Guvohi bo‘lib turganingizdek, kuchli uchlikni Vivo iQOO Neo 855 yakunlab bergan, uning ortidan esa ayni shu kompaniyaning Vivo iQOO Pro 5G smartfoni kelayotir. OnePlus 7T hamda OnePlus 7T Pro juftligi mos ravishda beshinchi va oltinchi o‘rinlarni egallagan bo‘lsa, keyingi pog‘onalardan tegishlicha Vivo Nex 3 5G, Honor V30 Pro 5G, Asus ROG 2 hamda Realme X2 Pro joy olgan.

Samsung yaqinda namoyish qilgan Galaxy S20, Galaxy S20 Plus hamda Galaxy S20 Ultra flagmanlarining mazkur reytingga kiritilmaganiga sabab bor. Gap shundaki, AnTuTu allaqachon bozorga chiqib ulgurgan smartfonlarning samaradorlik natijalarini, aynan foydalanuvchilarning tekshirishlari asosida hisoblab reyting tuzgan.

O‘QING: «O‘yin boshlandi» – AnTuTu’ning yangi qiroli Xiaomi Mi 10’ni tor-mor etmoqchi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.