TOP-10: dunyo bo‘yicha 2018 yili eng ko‘p sotilgan smartfonlar uchtagina kompaniyaga tegishli!

  •   DiMaX
  •  5869
  •  30.04.2019 15:54

TOP-10: dunyo bo‘yicha 2018 yili eng ko‘p sotilgan smartfonlar uchtagina kompaniyaga tegishli!

Counterpoint Research kompaniyasi ekspertlari smartfonlar bozorini tahlil qilib, bultur eng ko‘p sotilgan modellarni o‘rganib chiqishdi. Buni qarangki, kuchli o‘ntalikka kirgan devayslar uchtagina kompaniya mahsulotlari bo‘lib chiqdi!

O‘QING: TOP-15: Eng ommabop o‘yin pristavkalari – PlayStation 4 atigi 6-o‘rinda!

Shunday qilib, 2018 yili jahon bo‘yicha eng ommabop smartfon iPhone X bo‘lgan. Umuman, ro‘yxatning naq oltita bandini kupertinoliklarning mahsulotlari zabt etgan!

Ko‘rib turganingizdek, kuchli o‘ntalik ro‘yxati quyidagicha tartibda:

  1. Apple iPhone X (Sotib olish)
  2. Apple iPhone 8 (Xarid qilish)
  3. Apple iPhone 8 Plus (Sotib olish)
  4. Apple iPhone 7 (Xarid qilish)
  5. Xiaomi Redmi 5A
  6. Samsung Galaxy S9 (Sotib olish)
  7. Apple iPhone XS Max (Xarid qilish)
  8. Apple iPhone XR (Sotib olish)
  9. Samsung Galaxy S9 Plus (Xarid qilish)
  10. Samsung Galaxy J6

Tahlilchilarning aniqlik kiritishlaricha, 2018 yili iPhone XS Max hamda iPhone XR modellarining har biri 16 million donadan oshiq sotilgan, Apple’ning undan oldingi avlod smartfonlari esa 100 milliontaga yaqin. Ro‘yxatda ikkita texnogigantdan tashqari, bittagina Xiaomi kompaniyasining hamyonbop Redmi 5A smartfoni bor – undan 20 milliontacha sotishgan.

O‘QING: Eng qudratli smartfonlar (2019 yil 1-chorak): Galaxy S10+ ikkinchi o‘rinda, qolgan barchasi «xitoylik»!

Shuningdek, Counterpoint Research mutaxassislari eng yiriklaridan hisoblangan Xitoy smartfon bozoridagi vaziyatni ham baholashgan. Mana, bu boradagi reyting quyidagicha:

«Osmon osti saltanati»dagi bozorda o‘zgacha holatga guvoh bo‘lamiz: u yerdagi kuchli o‘ntalikka Oppo R15, iPhone X, Oppo A5, A83, Vivo X21, iPhone 8 Plus, Vivo Y85, Oppo A73, Xiaomi Redmi 5 Plus hamda Oppo R11s smartfonlari kirgan.

O‘QING: Dunyodagi eng zo‘r Android-smartfonlar o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2019 yil aprel)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!