Umuman kutilmagan Windows 20 tizimini videoda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1386
  •  30.04.2020 12:47

Umuman kutilmagan Windows 20 tizimini videoda ko‘ramiz!

Microsoft korporatsiyasi eski versiyalardagi kompyuterlar egalarini yangi – Windows 10 tizimiga o‘tishga majburlashning antiqa yo‘lini topgan. Shu bilan birga, u hozirda Windows 10X operatsion tizim talqini ustida ishlamoqda.

O‘QING: Windows 10 o‘rnatgandan so‘ng qilish shart bo‘lgan 7 ish

Kamer Kan Avdan (Kamer Kaan Avdan) ismli dizayner esa Windows’ning undan keyingi versiyasi qanaqa bo‘lishini fantaziya qilib ko‘rdi. Operatsion tizimning yangi dizayni konseptini u Windows 20 deb nomlagan va videolavha tarzida tayyorlab, o‘zining YouTube-kanalida e’lon qilgan.

Dizayner ko‘rsatgan konsept videoda tasvirlanishicha, Windows 20 tizimida vazifalar panelini foydalanuvchining o‘zi to‘liq sozlay oladi. Unda fayllar menejeri redizayn qilingan bo‘lib, varaqalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Tizimda sozlamalarning yangi yagona ilovasi mavjud, bildirishnomalar paneli ham yanada qulay.

Ushbu konseptda ko‘p elementlar macOS’dan ilhomlangan holda qo‘shilgan, ammo Windows’ning o‘z uslubi saqlab qolingan. Muallifning ta’kidlashicha, Windows 10 tizimining keyingi yirik yangilanishida Microsoft uning dizaynini shu tarzda rivojlantirishi mumkin. Konseptning nomi esa operatsion tizimning navbatdagi versiyasi bilan emas, balki shunchaki 2020 yil bilan bog‘liq.

YouTube foydalanuvchilari izohlarda ta’kidlashlaricha, Microsoft kompaniyasi ushbu konsept muallifini dizayner sifatida ishga olsa bo‘ladi. Ular Bill Geyts asos solgan korporatsiya Kamer Kan Avdan taklif etgan yangiliklarni navbatdagi tizim yangilanishida joriy etishini istashmoqda.

O‘QING: Windows’da ishlashni osonlashtiruvchi 12 ta tugmachalar kombinatsiyasi