Uxlayotgan odam yutib yuborgan AirPods bus-butun chiqdi!

  •   DiMaX
  •  391
  •  06.02.2021 14:45

Uxlayotgan odam yutib yuborgan AirPods bus-butun chiqdi!

AQShning Massachusets shtatida yashovchi Bredford Gote uxlayotgan chog‘i AirPods simsiz quloqchinlaridan birini yutib yubordi. Bu to‘g‘rida Daily Mail ma’lumotiga tayanib Xabar.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: Internet orqali AirPods buyurtma qilgan qizga o‘z boshi kattaligidagi quloqchin yetib keldi!

38 yoshli bu erkak suv ichayotganida ko‘ngli aynigan, nafasi ham siqishni boshlagan — u avvaliga buni qor kuraganidan keyingi charchoqqa yo‘ygandi.

Gote keyinroq simsiz naushniklaridan birini qidirib topolmadi. Nafas olishi og‘irlashavergach, shifokor huzuriga borgan.

Shifokorlar dastavval uni zaharlangan deb o‘ylashdi, rentgen esa quloqchinni topdi — oshqozonda ekan!

Qurilmani bemorga beziyon chiqarib olishdi. Naushnik ham butun, mikrofonini hisobga olmaganda.

O‘QING: Bojxonachilar ikki mingta «qalbaki Apple AirPods»ni qo‘lga olib, o‘zlari sharmanda bo‘lishdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!