Uzoq kutilgan Poco X2 arzon narxda taqdim etildi: siz uni «taniysiz»!

  •   DiMaX
  •  5747
  •  04.02.2020 13:52

Uzoq kutilgan Poco X2 arzon narxda taqdim etildi: siz uni «taniysiz»!

Xiaomi yaqinda alohida ajratgan brend – Pocophone o‘zining ikkinchi smartfonini namoyish qildi. Poco X2 (yoki Pocophone X2) deb nomlangan bu qurilma, kutilganidek, Redmi K30 4G modelining rebrending qilingan versiyasi bo‘lib chiqdi.

O‘QING: Uzoq kutilgan Pocophone F2 hafsalani pir qildi! (+«jonli» rasmlar)

Mazkur brendning ilk vakili – Pocophone F1 butkul original smartfon bo‘lsa, bugun taqdim etilgan ikkinchisi shunchaki Redmi flagmanining nusxasi ekan. Uning qadog‘iyu korpusiga, shuningdek dasturiy interfeysiga Poco brendi tushirilganini aytmasa, texnik jihatlari Redmi K30 4G bilan bir xil, ular bilan esa mana bu xabarimizda tanishib chiqsangiz bo‘ladi.

Ushbu qurilmani MIUI 11 grafik qobig‘ining Poco brendiga moslab qayta dizayn qilingan versiyasi bilan chiqarishgan.

O‘QING: Xiaomi va Redmi'ning to‘rtta modeli yangi xususiyatga ega bo‘ladi

Poco X2 narxi borasida Redmi K30 4G’dan salgina arzonroq: uning 6/64 gigabaytlik tezkor/ichki xotiraga ega boshlang‘ich varianti 224 dollarga (shunday konfiguratsiyali Redmi K30 4G esa – 225 dollarga) baholangan. Yangi smartfonning 8/256 gigabaytlik varianti esa 280 dollar turadi; Redmi flagmanining xuddi shunday xotiralisi 310 dollar edi.

Xiaomi yangi modelini Hindiston bozoriga 11 fevraldan chiqaryapti; boshqa mamlakatlar bozorlariga uning rasman taqdim etilishi haqida ma’lumot yo‘q.

O‘QING: Xiaomi’ning barcha do‘konlari yopilyapti – vaziyat o‘ta jiddiy!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!