Videobloger barcha avlod Galaxy Note smartfonlarini, ularning kameralari va narxlarini taqqoslab ko‘rsatdi

  •   DiMaX
  •  1125
  •  28.08.2020 11:14

Videobloger barcha avlod Galaxy Note smartfonlarini, ularning kameralari va narxlarini taqqoslab ko‘rsatdi

Samsung kompaniyasi yaqinda Galaxy Note 20 hamda Galaxy Note 20 Ultra planshetofonlarini taqdim etgan edi. Lekin namoyishda ularning Galaxy S20 Ultra va hatto bulturgi Galaxy Note 10+ modellaridan ham qolishuvchi jihatini sir tutganligi fosh bo‘lgan. Bundan tashqari...

O‘QING: Apple’dan ham avval Samsung xasislikni boshladi: Galaxy Note 20 qadog‘idan muhim aksessuarni olib qolishyapti!

Mrwhosetheboss nomli YouTube-kanal muallifi – taniqli videobloger Arun Maini ushbu turkumning barcha vakillarini o‘zaro taqqqoslab video tayyorladi. Buning uchun u barcha avlod Galaxy Note smartfonlarining har biridan bitta sotib olgan. Har birini qadog‘ini ochib (anboksing qilib), qurilmaning o‘zini olib, asosiy xususiyatlarini sanab ko‘rsatgan.

Ularning kameralarida olingan suratlarni esa videorolik so‘ngida tomosha qilish mumkin:

Aytish kerakki, 2011 yilda chiqqan original Galaxy Note o‘sha davr mezoniga ko‘ra ulkan – diagonali 5,3 dyuymlik displeyga ega edi. Ayni mana shu qurilma telefonlarning yangi – smartped (smartpad, fablet, planshetofon) turini boshlab bergan. Raqiblarining masxaralashlariga qaramasdan, Samsung’ning bu tajribasi muvaffaqiyatli chiqqan va 10 million donadan ortiq Galaxy Note sotilgan.

Galaxy Note 2 modeli esa ilk bor S Pen stilusiga va 2 GB tezkor xotiraga ega bo‘lib, misli ko‘rilmagan bir nechta funksiyalari bilan ajralib turgan... Turkumning so‘nggi vakili – Galaxy Note 20 Ultra bo‘lsa, oldingi avlod fabletlarda mavjud bo‘lgan barcha afzalliklardan tashqari, 120 gerslik ekrani va 180 MPlik kamerasi bilan ajralib turadi.

O‘QING: Galaxy Note 20 Ultra kamerasi iPhone 11 Pro Max va boshqa Samsung flagmanlariga qarshi

Shu bilan birga, vloger Galaxy Note turkumi planshetofonlarining narxlarini ham qiyoslab ko‘rsatgan:

Eslatib o‘tamiz, Samsung tez orada naq 7000 mA/soatlik akkumulyatorga ega hamyonbop Galaxy M51 smartfonini namoyish etishi kutilmoqda.

O‘QING: Drop-test videosi: Galaxy Note 20 Ultra mustahkamroqmi yoki iPhone 11 Pro Max?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!