Xiaomi 6 noyabrga taqdimot belgiladi. Unda qanday yangi gadjetlarni ko‘ramiz?

  •   DiMaX
  •  1287
  •  05.11.2018 10:02

Xiaomi 6 noyabrga taqdimot belgiladi. Unda qanday yangi gadjetlarni ko‘ramiz?

O‘tgan haftada Xiaomi kompaniyasi 6 noyabr kuni yangi devayslarini namoyish etishini e’lon qilgan. Sal oldinroq tarqalgan xabarlarga ko‘ra, «xitoycha Apple» unda Redmi Note 6 smartfonini ko‘rsatishi kutilayotgandi.

O‘QING: Xiaomi rasman Redmi Note 6 smartfoni anonsini berdi, u «Bo‘ydoqlar kuni» savdoga chiqadi!

Ammo kecha – 4 noyabrda Xiaomi reklama posterini tarqatdi – unga ko‘ra, kompaniya bu tadbirda o‘zining yangi noutbuklarini namoyish etmoqchi. Ayni damda aniq bo‘lgani shuki, ekranining diagonali 13,3 va 15,6 dyuymlik bo‘lgan, Intel Core i3 protsessoriga tayangan hamyonbop laptoplar taqdim qilinadi.

Taxminlarga ko‘ra, yangi devayslar Xiaomi’ning avvalgi noutbuki – Mi Notebook Air’ning shunchaki «bundayroq» protsessor o‘rnatilgan arzonroq modifikatsiyasi bo‘lishi ham mumkin.

O‘QING: Xiaomi hozirgina 8-avlod chipiga ega Mi Notebook Pro'ni taqdim qildi

Xabaringiz borki, «Butunjahon shoping kuni» sanalgan 11 noyabr sanasi Xitoyda «Bo‘ydoqlar kuni» deb ataladi. Xiaomi yangi noutbuklarini (yoki avvalgi laptopning yangi modifikatsiyalarini) ushbu sanada sotuvga chiqarishni ko‘zlayotgan bo‘lishi haqiqatga yaqinroq.

Shu bilan birga, Redmi Note 6 smartfonining namoyish sanasi haqida Xiaomi biror ma’lumot bermagan, uni inkor etmagan ham. Katta ehtimol bilan, uni ham 6 noyabrda taqdim etishlari mumkin. Bu esa uning nomiga ham mos kelardi – «November 6» sanasida «Note 6» modeli... Xullas, bu boradagi yangiliklarni biz bilan birga kuzatib boring.

Shunisi ham borki, kutilayotgan smartfonning global proshivkali «Pro» talqini allaqachon taqdim etilgan va jahon bozoriga chiqqan. Ayni damda Terashop.uz internet-do‘konimizda uning tezkor xotirasi 32 gigabaytlik talqinini 1 559 000 so‘mga sotib olish, 64 gigabaytligini esa 1 769 000 so‘mga xarid qilish mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da arzonlashgan Xiaomi smartfonlari narxlari (2018 yil 30 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!