Xiaomi Black Shark 2 taqdimot kuni ma’lum, ammo u allaqachon Geekbench’da muxlislarni xafa qildi

  •   DiMaX
  •  743
  •  17.10.2018 15:07

Xiaomi Black Shark 2 taqdimot kuni ma’lum, ammo u allaqachon Geekbench’da muxlislarni xafa qildi

Xiaomi kompaniyasining shu yil 13 aprelda namoyish etilgan o‘yinbop smartfoni hozirgacha eng kuchli Android-smartfon hisoblanadi. Ayni damda uning ikkinchi avlodi – Black Shark 2 modelini taqdimotga tayyorlagan va biz uning «jonli» videosini va suratlarini ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Eng zo‘r Android-smartfonlar TOP-o‘ntaligi (AnTuTu talqini, 2018 yil, oktyabr): xitoyliklar Samsung’ni siqib chiqarishdi!

Kuni kecha ushbu geymerofonning ilk reklama tizeri e’lon qilingan edi. Unga ko‘ra, Black Shark 2 smartfoni joriy yilning 23 oktyabr kuni, Xitoyda rasman namoyish etiladi.

Bugun – 17 oktyabrda ushbu geymerlar smartfoni Geekbench servisida tekshirib ko‘rilgan. Benchmark ma’lumotlar bazasida qolgan axborotlar esa «xitoycha Apple» muxlislarining va o‘yin ishqibozlarining hafsalasini pir qilishi aniq.

O‘QING: EKSKLYuZIV VIDEO: iPhone Xs Max’dan ham kuchli Xiaomi Black Shark 2 smartfonini «jonli» tomosha qiling!

Gap shundaki, Black Shark 2 geymerofoniga Qualcomm kompaniyasining hali rasman taqdim etilmagan Snapdragon 855 (yangi nomi – Snapdragon 8150) protsessori o‘rnatilganligi haqida ma’lumotlar chiqqandi. Ammo Geekbench benchmarkining ma’lumotlariga qaraganda, Xiaomi unga avvalgi modelidagi singari Snapdragon 855 chipini o‘rnatayotgan ekan:

Shuningdek, benchmark Black Shark 2 qurilmasining 8 gigabaytlik tezkor xotiraga ega ekanligi va Android 8.1 operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlashini ham oshkor etgan.

Xiaomi’ning bir qator rusumlardagi smartfonlari, shu shumladan «Tezkorlik ustasi» deya tavsiflanuvchi arzon flagmani – Pocophone F1 ham Terashop.uz internet-do‘konimizda rasmiy kafolat bilan sotilmoqda. Ularga onlayn tarzda buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish imkoniyatlari hamda O‘zbekiston bo‘yicha bepul eltib berilishi sizga ma’qul keladi.

O‘QING: Terashop.uz’da arzonlashtirilgan Xiaomi Redmi smartfonlarining narxlari (2018 yil 3 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!