Xiaomi Cepheus – Snapdragon 855 va 6 GB «operativka»li smartfon Geekbench’da «qo‘lga tushdi»!

  •   DiMaX
  •  1408
  •  08.01.2019 16:26

Xiaomi Cepheus – Snapdragon 855 va 6 GB «operativka»li smartfon Geekbench’da «qo‘lga tushdi»!

«Xitoycha Apple» alohida brend sifatida ajratilgan Redmi turkumidagi yangi – Redmi X smartfonini 10 yanvarda namoyish etishidan xabardormiz. Lekin bugun – 8 yanvar kuni Geekbench ma’lumotlar bazasida kompaniyaning yana bitta – bu gal kuchli telefoni «ko‘zga tashlandi».

O‘QING: «JONLI» VIDEO: Xiaomi taqdim etilmagan Redmi Note 7’ni uloqtirib-tepkilab sinab ko‘rsatdi!

Benchmarkda ushbu yangi smartfon Xiaomi Cepheus kodli nomi bilan qayd etilgan. Qualcomm’ning eng so‘nggi va ilg‘or Snapdragon 855 protsessori bilan qurollanganiga qaraganda, bu Mi brendiga mansub kuchli model bo‘ladi. Android 9.0 Pie tizim talqiniga ega smartfonning tezkor xotirasi 6 gigabaytlik hajmga ega.

Ko‘rib turganingizdek, Xiaomi Cepheus smartfoni Geekbench servisidagi samaradorlik sinovidan o‘tgan. Qurilma yakka yadroli tekshiruvda 3475 ball, ko‘p yadroli sinovda bo‘lsa 10872 ball olgan.

Ushbu smartfonning qanday nom bilan bozorga taqdim etilishi va boshqa tafsilotlari hozircha ma’lum emas. bu boradagi yangiliklarni biz bilan birga kuzating.

O‘QING: 38 modeldagi Xiaomi smartfoni barqaror MIUI 10 proshivkasigacha yangilanmoqda (to‘liq ro‘yxat)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!