Xiaomi eng ommabop flagmanini endi ishlab chiqarmaydi

  •   DiMaX
  •  2290
  •  28.11.2019 13:17

Xiaomi eng ommabop flagmanini endi ishlab chiqarmaydi

Xitoydagi manbalarning yozishicha, Xiaomi kompaniyasi o‘z rasmiy saytidagi katalogdan ommabop Mi 9 flagmanini olib tashlagan. Odatdan bunday holatlar shu mahsulotning ishlab chiqarilishi to‘xtatilganini anglatadi.

O‘QING: Redmi’ning ikkita arzon flagmani rekord o‘rnatdi

Xiaomi bu bilan o‘zining yangi modellari savdosiga ko‘proq e’tibor qaratmoqchi, deyishmoqda kuzatuvchilar. Masalan, uning rasmiy katalogi assortimentida undan yaxshiroq – Mi 9 Pro 5G flagmani paydo bo‘lgan. Ushbu model yaqinda eng zo‘r o‘yinbop smartfonlar reytingida kuchli beshtalikka kirgan edi.

Rasmiy katalogda Mi 9 smartfonini izlashganida, xitoylik xaridorlarga uning o‘rniga Mi 9 Pro 5G yoki Mi CC9 Pro taklif etilmoqda. Bulardan ikkinchisi global bozorga Mi Note 10 modeli tarzida taqdim etilgan.

Aytish kerakki, Mi 9 ishlab chiqarishdan hamda kompaniyaning rasmiy katalogidan olingan bo‘lsa-da, do‘konlardan birdaniga g‘oyib bo‘lmaydi. Hali omborlarda saqlanayotganining o‘zi ham bir necha oy sotishga yetarli bo‘ladi. Ungacha esa Xiaomi yana bir qator yangi modellarda o‘rta narxli va arzon smartfonlar taqdim etadi.

O‘QING: 10 dekabrda Xiaomi nafaqat Redmi K30, balki Pocophone F2 va Mi Mix 4’ni ham taqdim etishi mumkin!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!