Xiaomi ham «yong‘oqchaqar» Redmi Note 7’ni global versiyada jahon bozoriga chiqaryapti!

  •   DiMaX
  •  4441
  •  18.02.2019 11:10

Xiaomi ham «yong‘oqchaqar» Redmi Note 7’ni global versiyada jahon bozoriga chiqaryapti!

«Xitoycha Apple»ning eng so‘nggi taqdim etgan smartfoni – Redmi Note 7 o‘z mamlakatida savdoda rekordlar o‘rnatmoqda. Lekin Xitoydan tashqaridagi fanatlar uning jahon bozoriga chiqishini hanuz kutishmoqda.

O‘QING: RASMAN: Mi 9 va Mi 9 Explorer Edition flagmanlaridan keyinoq Xiaomi yana bitta smartfon taqdim etyapti!

Nihoyat, Xiaomi «Kichkina King-Kong» laqabli Redmi Note 7 modelini Xitoydan tashqarida ham rasman sotuvga qo‘yadigan bo‘ldi. Buni kompaniyaning Hindiston bo‘linmasi boshqaruvchi direktori Manu Kumar Jeyn (Manu Kumar Jain) rasman ma’lum qilgan.

Direktorning Twitter orqali ma’lum qilishicha, Xiaomi Redmi Note 7 modelining global versiyasi 28 fevral kuni Hindistonda taqdim etiladi. Keyinroq esa ushbu «yong‘oqchaqar» smartfon boshqa mamlakatlar bozorlariga ham chiqarilishini kutish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Redmi Note 7’ni O‘zbekistonda hozircha faqat AliExpress’dan buyurtma orqali sotib olish mumkin. Jahon bozoriga chiqarilgan ayrim Xiaomi smartfonlarini esa 819 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya doirasida bu xaridingiz yanada yoqimli va manfaatli bo‘ladi.

O‘QING: Qarshi oling: Terashop.uz’da «Bahoriy kayfiyat» aksiyasi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!