Xiaomi ikkita smartfoniga barqaror MIUI 12, yana biriga esa allaqachon MIUI 12.0.1 proshivkasini tarqatyapti!

  •   DiMaX
  •  2053
  •  18.06.2020 12:33

Xiaomi ikkita smartfoniga barqaror MIUI 12, yana biriga esa allaqachon MIUI 12.0.1 proshivkasini tarqatyapti!

MIUI 12 global proshivkasi turli Xiaomi smartfonlariga tarqalishda davom etmoqda. Lekin ushbu grafik qobiq asosidagi proshivkagacha yangilangani bilan, uning yangi imkoniyatlari barcha qurilmalarda ham bo‘lavermasligi ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: Faqat mana shu smartfonlargina MIUI 12’ning turli yangi imkoniyatlariga ega bo‘lar ekan!

Kompaniya bu orada o‘z yurtidagi ayrim modellariga barqaror MIUI 12 proshivkasini tarqatishga o‘tdi. Xiaomi Mi 9T Pro rusumli bulturgi flagmani uchun V12.0.1.0.QFKCNXM raqamli, Redmi K30 5G modeliga esa V12.0.1.0.QGICNXM raqamli barqaror proshivka kela boshlagan. Apdeyt hajmi 759 megabaytga teng bo‘lib, ushbu yangilanish yaqin orada mazkur ikki smartfonning global versiyalariga ham kelishini kutish o‘rinli.

Bulardan tashqari, kompaniya Redmi K20 Pro smartfoniga barqaror MIUI 12.0.1 grafik qobiq talqini bazasidagi proshivka ham tarqata boshlagan. Hajmi ikki yarim gigabaytlik apdeyt hozircha faqat Xitoydagi foydalanuvchilarga taqdim etilgan; tez orada boshqa mamlakatlardagi – global versiyadagi Redmi K20 Pro modellari ham yangilansa kerak.

Darvoqe, Xiaomi smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, yuqoridagi uchta smartfon ham barqaror MIUI 12 grafik qobig‘igacha yangilansa-da, uning asosida hali Android 10 operatsion tizim talqini yotadi. Eng yangi – Android 11 tizimi bazasidagi MIUI 12 grafik qobig‘i esa kuzdagina chiqa boshlaydi.

O‘QING: EHTIYoT BO‘LING: Android 11 Beta’ni ushbu smartfonlarga o‘rnatish xavfli!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.