Xiaomi Mi 8’ning premial talqini kutilganidan arzon narxda sotuvga chiqmoqda

  •   DiMaX
  •  3761
  •  26.07.2018 17:33

Xiaomi Mi 8’ning premial talqini kutilganidan arzon narxda sotuvga chiqmoqda

Joriy yilning 31 may kungi tadbirida Xiaomi kompaniyasi o‘zining Mi 8 turkumi smartfonlarini namoyish etgandi. Bular – Mi 8 yubiley flagmani, shuningdek uning Mi 8 SE hamda Mi 8 EE talqinlaridir.

O‘QING: Mi 8 taqdim qilindi: narx borasida kompaniya va’dasida turdi!

Xiaomi Mi 8 SE modeli – texnik xususiyatlariga ko‘ra yubiley flagmanining «ukasi» bo‘lsa, Mi 8 Explorer Edition – ularning «akasi» deyish mumkin. U barmoq izi datchigining ekranga integratsiya etilganligi, to‘laqonli yuz skaneriga egaligi hamda orqa panelining yarimshaffof ekanligi bilan ajralib turadi.

Xiaomi kompaniyasining bugun – 26 iyulda ma’lum qilishicha, yubiley flagmanining premial – Mi 8 Explorer Edition talqini Xitoyda 30 iyuldan sotuvga chiqadi. Aytish kerakki, dastlab uning 24 iyulda savdoga chiqishi aytilgan edi, ammo ishlab chiqaruvchi bu xabarni rad etgan. Premial flagmanning xususiyatlari haqida quyidagi xabarimizda yetarlicha ma’lumot olishingiz mumkin:

O‘QING: Rasmiy xabar: Mi 8 Explorer Edition narxi, taqdimot kuni ma’lum qilindi

Shuningdek, Mi 8 EE narxi borasida ham sizu bizga yoqimli yangilik mavjud. Ya’ni, avvalgi xabarlarda uning 8/128 gigabaytlik xotiraga ega talqini 550 dollardan sotilishi aytilgan bo‘lsa, bugun gadjet narxi 3699 yuanga teng ekanligi ma’lum bo‘ldi – bu esa taxminan 545 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, Xiaomi Mi 8 SE modeli hanuz savdoga qo‘yilgani yo‘q. «Uch og‘ayni botirlar»ning «katta»si esa 30 iyuldan Xitoydagina sotila boshlaydi, uning O‘zbekiston bozorlariga yetib kelishigacha hali vaqt bor.

O‘QING: Yurtimizda sotilayotgan Mi 8 xarid qilish uchun besh sabab

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!