Xiaomi Mi 9 yangi suratlarda: ekrani yarim doirasimon «kemtik»li!

  •   DiMaX
  •  1513
  •  26.11.2018 15:45

Xiaomi Mi 9 yangi suratlarda: ekrani yarim doirasimon «kemtik»li!

«Xitoycha Apple»ning navbatdagi flagmani – Xiaomi Mi 9 smartfoni 2019 yilning boshida namoyish etilishi kutilmoqda. Bu qurilma haqida turli ma’lumotlar tarqalayotgan esa-da, ular ko‘p jihatlari bilan bir-birini inkor etayotir.

O‘QING: Xiaomi Mi 9 sertifikatlandi – 48 MPlik uch modulli kamera, Snapdragon 8150 chipi va boshqa ma’lumotlar

Masalan, yaqinda surati tarqatilgan ehtimoliy Mi 9’ning korpusi olti burchakli shaklda, asosiy kamera blogi Xiaomi smartfonlari dizaynida, selfi-kamera esa Meitu selfifonlariga o‘xshash. Oradan salgina vaqt o‘tib, bu flagmanning ekrani tomchisimon «o‘yiqli» ekanligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

Endi esa internetda boshqacha Mi 9’ning suratlari tarqalmoqda: ularda displeyning tepasida yarim doirasimon shaklda «kemtik» mavjud.

Mish-mishlarga qaraganda, bu smartfon ekranini «o‘yiq»siz qilishning umuman imkoni yo‘q. Zero, old kamera va boshqa datchiklar, jumladan – infraqizil sensorni romga sig‘dirib bo‘lmaydi. Ammo bularning bari Mi 8 modelidagidan ko‘ra ixchamroq va original shakldagi «kemtik»dan o‘rin oladi.

Shuningdek, Mi 9 old kamerasi ikkita, asosiy kamerasi esa uchta ob’yektivga ega. Bosh kamera modullari orqa panelning o‘rtasida, tikkasiga joylashadi.

«Xitoycha Apple»ning jahon bozoriga allaqachon taqdim etilgan aksariyat smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 809 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni mavjud. Do‘konimizga yangi kelgan, hali quyidagi narxnomamizga kirmagan mobil kinoteatr – Mi Max 3 fabletini bo‘lsa 2 188 000 so‘m evaziga sotib olishingiz mumkin.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarini Terashop.uz’dan oling (2018 yil 20 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!