Xiaomi’ning navbatdagi bestselleri – Redmi Note 7 Pro ilk «jonli» rasmda!

  •   DiMaX
  •  3038
  •  23.02.2019 10:09

Xiaomi’ning navbatdagi bestselleri – Redmi Note 7 Pro ilk «jonli» rasmda!

Yaqinda taqdim etilib, sotuvga qo‘yilgan «kichkina King–Kong» – Redmi Note 7 keyingi haftadayoq global savdoga ham chiqarilyapti. Xiaomi esa ommaboplikda undan ham oshib ketishi kutilayotgan navbatdagi smartfonini tayyorlab ulgurgan.

O‘QING: Xiaomi daktiloskopli ekranga ega Redmi Note 7 Pro’ning ham namoyish kunini e’lon qildi!

Slashleaks resursi Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Redmi Note 7 Pro modelining birinchi «jonli» rasmini topib olgan. Suratda u chap tomonda joylashgan, o‘ngda esa – xitoylik texnogigantning Honor V20 modeli.

Guvohi bo‘yapmizki, Redmi Note 7 Pro gradiyent tusdagi ko‘k-binafsharang korpusda. Orqa panelda 48 megapiksellik datchikni ham o‘z ichiga olgan qo‘shaloq kamera hamda daktiloskopik datchik ko‘zga tashlanadi. Demak, bu modelda barmoq izi skaneri ekranga joylashtirilishi haqidagi xabarlar to‘g‘ri bo‘lib chiqmadi.

Brend rahbariyati Redmi Note 7 Pro taqdimoti keyingi haftada namoyish etilishini rasman tasdiqlagan. Redmi top-menejeri Lyu Veybing (Lu Weibing) uning narxi «298 dollar va undan ham pastroq» bo‘lishini aytgan. Kuzatuvchilar bu gadjetning narxi 240 dollardan boshlanishini taxmin qilishmoqda.

Darvoqe, «xitoycha Apple»ning eng so‘nggi – Redmi Note 7 telefonini O‘zbekistonda hozircha faqat AliExpress’dan buyurtma orqali sotib olish mumkin. Jahon bozoriga chiqarilgan ayrim Xiaomi smartfonlarini esa 819 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya doirasida bu xaridingiz yanada yoqimli va manfaatli bo‘ladi.

O‘QING: Redmi Note 7 Pro’ning asosiy raqibi – Meizu Note 9 taqdimoti rasman e’lon qilindi