Xiaomi’ning sirli Redmi smartfoni suratlarda: uch modulli kamera va daktiloskopli ekran!

  •   DiMaX
  •  1739
  •  30.11.2018 14:08

Xiaomi’ning sirli Redmi smartfoni suratlarda: uch modulli kamera va daktiloskopli ekran!

Tasdiqlangan ma’lumotlarga qaraganda, «xitoycha Apple»ning navbatdagi – Mi 9 flagmani uchta ob’yektivga ega bosh kamera bilan jihozlanadi. Keyin esa Xiaomi’ning arzon smartfonlari – Redmi turkumidagi qurilmalarda ham shu yechim qo‘llanishi mumkin.

O‘QING: Xiaomi Mi 9 yangi suratlarda: ekrani yarim doirasimon «kemtik»li!

iGeekphone resursi xuddi shunday Redmi smartfonining suratlarini e’lon qildi. To‘g‘ri, bular norasmiy renderlar, ammo ularda aks etgan devays ayni shu turkum smartfonlari dizaynida. Ehtimol, Redmi 7 aynan shunday yoki shunga o‘xshash qilib chiqarilar.

Mish-mishlarga qaraganda, mazkur smartfonning Magic Screen turiga mansub romsiz ekrani diagonaliga 6,1 dyuymlik o‘lchamda bo‘lib, barmoq izi skaneri ham unga integratsiya qilinadi.

Qualcomm Snapdragon 710 chipi bazasida ishlovchi Redmi 7’ning tezkor xotirasi 4-6 gigabayt, doimiysi esa 64-128 gigabayt bo‘lishi kutilmoqda. Uning 4000 mA/soatlik akkumulyatoriga esa tezkor quvvatlash texnologiyasi ham joriy etiladi.

O‘QING: 120 dollardan boshlanuvchi Xiaomi Redmi 7 xususidagi birinchi ma’lumotlar va rasmlari bilan tanishing!

Xiaomi Redmi 7’ning asosiy kamerasi 5, 8 va 22 megapiksellik sensorlardan biorat bo‘lsa, old kamera datchigi 22 megapiksellidir. Ularga tasvirni optik barqarorlashtirish tizimi joriy etilishi haqida ham gap-so‘zlar yuribdi, lekin bunga ishonish qiyin. Ammo «sun’iy idrok» texnologiyasi bu smartfonning kamerasida ham, boshqa tizim osti elementlarda ham ko‘proq joy olishi aytilmoqda.

Bunday smartfonning qachon taqdim etilishi hamda narxi haqida hozircha biror nima deyish qiyin. Xiaomi’ning jahon bozoriga allaqachon taqdim etilgan aksariyat smartfonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan 809 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Terashop.uz’da Xiaomi smartfonlari narxlari (2018 yil 3 dekabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.