Xiaomi’ning yangi – Mi 6S smartfoni: hamyonbop, ammo Snapdragon 835 chipli va Android 9 tizimli!

  •   DiMaX
  •  3447
  •  15.10.2018 09:36

Xiaomi’ning yangi – Mi 6S smartfoni: hamyonbop, ammo Snapdragon 835 chipli va Android 9 tizimli!

«Xitoycha Apple» bu yil o‘z flagmanlarining sakkizinchi avlodini bir necha modifikatsiyada taqdim etganidan xabarimiz bor. Ammo Xiaomi o‘tgan yilgi flagmanning S-versiyasini tayyorlashi aksariyat uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi.

O‘QING: Mi 8 flagmanlaridan 6 millionta sotgach, Xiaomi ularni arzonlatib yubordi!

Xiaomi Mi 6S smartfoni allaqachon Geekbench servisida tekshirib ham ko‘rildi va benchmarkning ma’lumotlar bazasida uning asosiy xususiyatlari haqidagi axborotlar qolgan.

Ko‘rib turganingizdek, Mi 6S eng so‘nggi – Android 9 talqinidagi operatsion tizim boshqaruvi ostida ishlaydi! Lekin bu ham hali hammasi emas – unga Qualcomm Snapdragon 835 protsessori va 6 gigabaytlik tezkor xotira o‘rnatilgan.

To‘g‘ri, ayni damda bozordagi flagmanlar Snapdragon 845 chipli, tez orada esa uning keyingi avlodi – Snapdragon 855 (yangi nomi – Snapdragon 8150) protsessori bazasidagi smartfonlar (masalan – Xiaomi Mi Mix 3) chiqadigan bo‘lib turibdi. Lekin Xiaomi Mi 6S flagmanlikka aslo da’vogar emas, balki aksincha – bu smartfon hatto Pocophone F1 modelidan ham arzonroqqa baholanadi. Kuzatuvchilar uning narxi 200 AQSh dollari atrofida bo‘lishini va hamyonbop smartfonlar bozorida katta «portlash» qilishini aytishayotir.

O‘QING: EKSKLYuZIV VIDEO: iPhone Xs Max’dan ham kuchli Xiaomi Black Shark 2 smartfonini «jonli» tomosha qiling!

Yana bir qiziq jihat – Mi 6S modeli haqidagi ma’lumotlar aynan Xiaomi’ning ikkita yangi smartfoni taqdim etilishi arafasida paydo bo‘lgani ham qiziq. Ehtimol, Mi Mix 3 flagmani hamda Mi Note 4 (yana bir nomi – Xiaomi LEX) fableti bilan birga, bugun hamyonbop Mi 6S modelini ham ko‘rarmiz?

Bu boradagi yangiliklardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting. Xiaomi’ning bir qator rusumlardagi smartfonlari, shu shumladan «Tezkorlik ustasi» deya tavsiflanuvchi arzon flagmani – Pocophone F1 ham Terashop.uz internet-do‘konimizda rasmiy kafolat bilan sotilmoqda. Ularga onlayn tarzda buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish imkoniyatlari hamda O‘zbekiston bo‘yicha bepul eltib berilishi sizga ma’qul keladi.

O‘QING: Terashop.uz’da arzonlashtirilgan Xiaomi Redmi smartfonlarining narxlari (2018 yil 3 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!