Xiaomi rahbari «o‘z kompaniyasiga xiyonat» bilan qo‘lga tushdi!

  •   DiMaX
  •  6978
  •  13.05.2020 17:00

Xiaomi rahbari «o‘z kompaniyasiga xiyonat» bilan qo‘lga tushdi!

Ley Szun (Lei Jun) nomi sizga yaxshi tanish – u «Xitoycha Apple» asoschisi va ayni damda bosh direktori hisoblanadi. Mazkur tadbirkor ko‘pincha yangi Xiaomi va Redmi smartfonlarini ijtimoiy tarmoqlarda faol targ‘ib qiladi.

O‘QING: RASMIY RO‘YXAT: MIUI 12’gacha yangilanuvchi 32 modeldagi smartfon

Ammo kuni kecha Weibo ijtimoiy tarmog‘ida post chiqarayotib, Ley Szun bitta ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘ygan. Unda top-menejer shunchaki o‘zi xarid qilgan kitoblar haqida yozgan, ammo gap boshqa yoqda. Weibo tarmog‘i har bir postning qanday smartfonda yozilganini aks ettirib qo‘yadi. Xiaomi bosh direktori esa... iPhone ishlatar ekan!

Tabiiyki, bunga Ley Szun obunachilari, ayniqsa «Xitoycha Apple» muxlislari norozilik bildirishgan. Ular kompaniya bosh direktorini hatto «Xiaomi’ga xiyonat qildi!» deya ayblashgan.

O‘QING: Xiaomi rahbari: Mi 10 flagmani Galaxy S20’dan kamida 400 dollarga arzon!

Yaxshiyamki, kompaniyaning Xiaomi Industry Investment bo‘linmasi hamkori Pan Szyutan (Pan Jiutang) uning joniga oro kirdi. U top-menejerni himoya qilib, raqobatchilarning smartfonlarini ishlatish – odatiy hol ekanini, ulardan nimalarnidir ko‘rib, keyin o‘z mahsulotlariga joriy etish mumkinligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Huawei korporatsiyasi Apple smartfonlarini ishlatayotgan o‘z xodimlariga jarima, maoshdan kesish va hatto ishdan bo‘shatishgacha bo‘lgan jazolarni joriy etgan. Shunda ham ulardan ayrimlari bexosdan, Huawei kompaniyasining Twitter’dagi rasmiy sahifasida bayram tabrigini iPhone’dan yozishgan va buning evaziga bir nechtasi qattiq jazolangan!

O‘QING: Samsung’ning «orqasidan pichoq urishdi»: «milliy boylik»ni xitoyliklarga sotgan to‘qqiz kishiga jinoiy ish ochildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!