Xiaomi rasman: «Bu smartfonni kutmay qo‘yavering!»

  •   DiMaX
  •  2477
  •  18.11.2019 09:37

Xiaomi rasman: «Bu smartfonni kutmay qo‘yavering!»

«Xitoycha Apple» avvalroq namoyish qilgan ikkita – Redmi Note 8 va Redmi Note 8 Pro smartfonlari dunyo bo‘ylab juda ommalashgan. Kompaniya hatto bulardan ikkinchisining Terminator talqinini chiqarib, yanada arzon sota boshlagan.

O‘QING: Redmi Note 8T namoyish qilindi – uning oddiy Redmi Note 8’dan farqlari qanday?

Shu bilan birga, keyingi kunlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Redmi Note 8 Pro (sotib olish) modelining yangicha – Snapdragon 730G protsessorli talqinini ham chiqarishi haqida xabarlar paydo bo‘lgan. Biroq kuni kecha ularni Xiaomi India marketing bo‘yicha direktori rasman rad etdi.

Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, Gadgets360 nashrining Snapdragon 730G chipli Redmi Note 8 Pro chiqishi haqidagi xabariga u «Yo‘q!» deya javob yozgan.

O‘QING: Xiaomi kutilmaganda antiqa gadjet taqdim qildi

Lekin baribir Xiaomi mazkur chipset bazasida telefon tayyorlayotgani aniq. Uning bozorga aynan qanday nom bilan taqdim etilishi hozircha noma’lum, ammo ko‘pchilikning taxminicha, bu Pocophone F2 flagmani bo‘ladi. Biz uning «jonli» rasmi hamda Geekbench’dagi tekshiruvi natijasini e’lon qilganmiz.

Xiaomi’ning xavfli radiatsiya nurlarini tarqatmaydigan ayrim smartfonlarini esa 810 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz’dan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Hali taqdim etilmagan Xiaomi Mi Mix 4 allaqachon sotuvga chiqdi – narxlari insof doirasida!

Terabayt.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.