Xiaomi rekordchi smartfonini arzonlashtirib, beshtasining proshivkasini yangilayapti!

  •   DiMaX
  •  1833
  •  31.03.2020 14:14

Xiaomi rekordchi smartfonini arzonlashtirib, beshtasining proshivkasini yangilayapti!

Yaqinda biz Xiaomi kompaniyasi MIUI 11 grafik qobig‘ining ichki beta-versiyasi ustida ishlashni to‘xtatgani haqida yozgandik. Shunga qaramasdan, u turli smartfonlariga tayyor proshivkalarni tarqatishda davom etmoqda.

O‘QING: Xiaomi uchta arzon smartfoniga Android 10 tayyorlayapti, yana biriga barqaror global proshivka tarqatyapti ham!

Manbalarning yozishicha, kompaniya o‘z yurtida ikkita rusumdagi smartfoni uchun MIUI 11 grafik qobig‘i asosida yangilangan proshivkani tarqata boshlagan. Redmi K20 Pro modeliga ushbu apdeyt kameraga Vlog videorejimini olib kelgan. Xiaomi Mi 10 esa soniyasiga 24 kadr chastotasida video yozib olish imkonini beruvchi AI 8K rejimini baxsh etgan. Shuningdek, har ikkala smartfonga fevraldagi xavfsizlik patchlari kelgan va tizimdagi ayrim nuqsonlar bartaraf etilgan.

Yuqoridagi ikkita qurilma Xitoyning o‘zida yangilana boshlagan bo‘lsa, yana uchta modeldagi devaysga Android 10 asosidagi yangi global proshivkalar tarqatilmoqda. Bular – Xiaomi Mi 8 Lite, Xiaomi Mi Max 3 hamda Xiaomi Mi 9 SE smartfonlaridir.

Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi yangilanishlar tegishli modellarga «havo orqali» bosqichma-bosqich tarqatiladi. Agarda navbatingiz kelishini kutmasdan, o‘zingiz mustaqil yangilashni istasangiz, unda...

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlarining rasmiy proshivkalari «xazinasi»ga marhamat!

Bundan tashqari, «Xitoycha Apple» o‘z arzonchi brendining beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlovchi ilk smartfoni – Redmi K30 5G modelini Xitoyda arzonlashtirgan. Aytish kerakki, uch oyga ham yetmasdan millionta sotilib rekord o‘rnatgan ushbu devays narxi biror aksiya doirasida vaqtincha emas, balki doimiy asosda tushirilgan.

Redmi K30 5G modelining tezkor/doimiy xotirasi 8/128 hamda 8/256 gigabaytlik versiyalari 28 dollarga arzonlashtirilgan va ularni endi tegishlicha 338 hamda 380 dollarga olish mumkin. Uning 6/128 gigabaytligi atigi 14 dollarga arzonlashtirilgan va endi 310 dollardan sotiladi. Boshlang‘ich konfiguratsiyadagi – 6/64 gigabaytlik Redmi K30 5G narxi esa o‘zgarishsiz qoldirilgan – 282 dollar.

O‘QING: Xiaomi asosiy daromadni qayerdan olyapti?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!