Xiaomi shu oydayoq barqaror MIUI 10 proshivkasigacha yangilanuvchi smartfonlarini ma’lum qildi

  •   DiMaX
  •  1657
  •  19.11.2018 09:32

Xiaomi shu oydayoq barqaror MIUI 10 proshivkasigacha yangilanuvchi smartfonlarini ma’lum qildi

Aksariyat smartfonsozlar yangi modellarini savdoga chiqargach, eski rusumlardagi telefonlarining dasturiy ta’minotini yangilamay qo‘yishadi. Bunda marketing maqsadlari ham ko‘zlangan – eski rusumdagi telefon va uning eskirgan proshivkasidan zerikkan foydalanuvchilar yangi smartfonlarni sotib olishga harakat qilishadi. Ammo Xiaomi unaqa emas – bu korporatsiya eski smartfonlarining ham proshivkasini eng so‘nggi talqingacha yangilab boradi.

O‘QING: Yana 21 ta Xiaomi smartfoniga barqaror MIUI 10 tarqatilmoqda – bunday modellarning umumiy soni 39 taga yetdi!

Jumladan, ayni damda mazkur ishlab chiqaruvchi tobora ko‘proq smartfonlari uchun MIUI 10 grafik qobig‘iga asoslangan proshivkani tarqatmoqda. «Xitoycha Apple» kuni kecha mazkur oyning oxirigacha yangi proshivkani qabul qiladigan smartfon modellarini e’lon qildi.

Xabarga ko‘ra, MIUI 10 talqiniga asoslangan yangicha proshivkalar noyabrning oxirigacha Mi 3, Mi 4, Redmi Note 3 (Qualcomm), Redmi Note 3 Special Edition, Redmi 3S/3X, Redmi Note 4 (MTK) hamda Redmi 4 Prime smartfonlariga ham taqdim etiladi. Aytish kerakki, mazkur ro‘yxatdagilarning barchasi taqdim etilganiga ikki yildan oshgan qurilmalardir.

O‘QING: Xiaomi barchani qiziqtirib, Mi Mix 3 Youth Edition o‘rniga umuman boshqa, ammo xit bo‘luvchi smartfon taqdim etdi

Aftidan, ushbu smartfonlarga tarqatiladigan MIUI 10 grafik qobig‘i Android operatsion talqinining Oreo yoki Pie emas, balki nisbatan oldingi – 7.1 Nougat talqiniga asoslanadi. Afsuski, Xiaomi kompaniyasi ushbu yangilanishlar qaysi hudud uchun amal qilishiga ham oydinlik kiritmagan. Katta ehtimol bilan, bu yerda gap Xitoy hududi uchun chiqarilgan smartfonlarga xitoycha proshivka tarqatilishi haqida ketyapti.

Lekin odatda, muayyan modellardagi smartfonlarga xitoycha proshivka tarqatilganidan so‘ng oradan ko‘p o‘tmay, uning global talqini ham taqdim etiladi. Shunday ekan, nisbatan eski rusumlardagi Xiaomi smartfonlari egalari ham yangilanishlarni kuzatib borishlarini tavsiya etamiz.

Shuningdek, yangi smartfon olishni istaganlarga eslatma: Terashop.uz internet-do‘konimizda Apple, Huawei, MDC, Meizu, Nokia, Philips, Samsung va Xiaomi kompaniyalarining turli rusumlardagi telefonlari onlayn usulda sotilmoqda.

O‘QING: Xiaomi smartfoningiz bormi? Unda tanlovda qatnashib, 10 000 dollar yutib oling!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!