Xiaomi sir tutayotgan Mi 10T Pro kamerofonini ilk «jonli» suratlarda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  2532
  •  27.08.2020 13:13

Xiaomi sir tutayotgan Mi 10T Pro kamerofonini ilk «jonli» suratlarda ko‘ramiz!

«Xitoycha Apple» o‘zining Xiaomi Mi 9T hamda Mi 9T Pro smartfonlarini namoyish etganidan buyon bir yildan oshiq vaqt o‘tdi. Endi esa ularning davomchilari uchta modelda chiqadi, deyishyapti: Xiaomi Mi 10T, Mi 10T Pro hamda Mi 10 Lite.

O‘QING: Xiaomi rahbariyati kutilganidan ham zo‘r chiqqan yangi arzon flagmani uchun uzr so‘radi

Hindistonlik insayder Abhishek Yadav (Abhishek Yadav) yangi uchlikning «katta»si – Xiaomi Mi 10T Pro haqida ilk ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, mazkur flagman yangilanish chastotasi 144 gerslik displey, 108 megapiksellik kamera hamda 5000 mA/soatlik akkumulyator bilan jihozlangan.

Barmoq izi skaneri esa korpusning qirrasiga o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin – insayder bunga aniqlik kirita olmagan.

O‘QING: Atigi 100 dollarlik shu yangi smartfonning daktiloskopi qayerida, deb o‘ylaysiz?

Shu bilan birga, Slashleaks resursi allaqachon Xiaomi Mi 10T Pro smartfonining bir nechta «jonli» fotosuratlarini ham ulashdi:

Birinchi o‘rinda qurilmaning bosh kamerasi e’tiborga loyiq: u to‘rt modulli bo‘lib, ulardan biri – 108 megapikselligi ancha yirik:

Eslatib o‘tamiz, Vivo X50 Pro flagmanida ham bosh kamera datchiklaridan asosiysi shunaqa ko‘rinishga ega edi.

Xiaomi Mi 10T turkumining qachon taqdim etilishi hozircha noma’lum; lekin, smartfonlar allaqachon tayyor ekanligiga qaraganda, bunga ko‘p vaqt qolgani yo‘q.

O‘QING: Xiaomi flagmanlarida yashirin bir funksiya bor...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!