Xiaomi smartfonlariga Android 11 yangi muammolar olib keldi

  •   DiMaX
  •  2305
  •  15.08.2020 08:18

Xiaomi smartfonlariga Android 11 yangi muammolar olib keldi

«Xitoycha Apple» yaqinda o‘z mobil qurilmalarida Android 11 operatsion tizimini sinab ko‘ra boshladi. Hozir amaldagi MIUI 12 grafik qobig‘ining barqaror versiyasi esa Android 10 talqiniga asoslangan.

O‘QING: Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlaridan qaysilari va qachon barqaror Android 11’gacha yangilanadi?

Android 11 operatsion tizimi bazasidagi MIUI 12 grafik qobig‘ini beta-test doirasida Xiaomi Mi 10 smartfonlarida ham sinab ko‘rishmoqda. Mazkur apdeytning hajmi 3,5 gigabaytga teng va u hali yakuniy versiyadagi proshivka emas. Shu boisdan ham uni o‘rnatishdan avval smartfonning oldingi holatidagi ma’lumotlarning zaxira nusxasini saqlab qo‘yish tavsiya etiladi.

Proshivkani sinab ko‘rayotgan Xiaomi Mi 10 egalari ushbu tavsiya bejiz emasligiga amin bo‘lishdi. Zero, Android 11 bazasidagi proshivkaga yangilanganidan so‘ng mazkur flagmanlarda ayrim muammolar kuzatila boshlagan.

Avvalo, yangilanishdan keyin ma’lum bir vaqtgacha smartfonda ishlash tezligi va quvvat sarfi samaradorligi borasida muammolar bo‘lib turadi. Ayrim testerlarda qurilmaning qattiq qizib ketishi va qotib qolishi holatlari ham bo‘lyapti. Bulardan tashqari, ba’zi chet ilovalar to‘g‘ri ishlamay qolgan, chunki ular proshivkaning bu yangi versiyasiga hali moslanmagan.

Agarda Xiaomi Mi 10 ishlatayotgan bo‘lsangiz va yangi proshivkalarni hammadan oldin sinab ko‘rishga qiziqsangiz, Android 11 tizimi asosidagi MIUI 12 proshivkasini o‘rnatishga shoshilmay turganingiz ma’qul.

Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Uchinchi bosqichda MIUI 12’ga yangilanuvchi Xiaomi va Redmi smartfonlari

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!