Xiaomi tan olishga majbur bo‘ldi: Redmi’ning yangi smartfonlarida «ishkal» bor!

  •   DiMaX
  •  1836
  •  12.04.2021 11:48

Xiaomi tan olishga majbur bo‘ldi: Redmi’ning yangi smartfonlarida «ishkal» bor!

Martning boshida Xiaomi kompaniyasining arzonchi brendi Hindistonda taqdim etgan o‘ninchi avlod fabletlar oilasiga uchta model kirgan: standart Redmi Note 10 smartfoni, uning Redmi Note 10 Pro versiyasi hamda yanada ilg‘or Redmi Note 10 Pro Max. Lekin ular jahon bozoriga sal boshqacharoq nomlar bilan chiqqan: global Redmi Note 10 Pro modeli hindcha Redmi Note 10 Pro Max bilan bir xil.

O‘QING: 108MPlik Redmi Note 10 Pro kamerasi iPhone 12’nikidan zo‘rmi? («jonli» test videosi)

Dunyoning turli mamlakatlarida Redmi Note 10 turkumidagi smartfonlar egalari o‘tgan haftada ularning ekranlarida muammolar chiqqanini e’lon qila boshlashdi. Twitter va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilarning yozishlaricha, ularning displeyi lipillaydigan bo‘lib qolgan. Ayrimlarida sensori vaqtida reaksiya bermaydigan bo‘lsa, ba’zilarida qotib qolgan. Xususan, yangilanishning 120 gerslik rejimiga o‘tkazilganida yoki to‘qrang rejimni yoqqanda shunaqa muammolarga duch kelishgan.

Tarmoqlarda shu kabi xabarlar tarqalgach, Xiaomi India bu bo‘yicha rasmiy bayonot bilan chiqishga majbur bo‘ldi. Garchi muammo mavjudligini tan olgan bo‘lsa-da, kompaniya kishilarni vahima qilmaslikka chaqirgan va bu nuqsonlar juda kam sonli Redmi Note 10 smartfonlarida uchrayotganini ta’kidlagan.

Xiaomi bayonotiga ko‘ra, Redmi brendi mukammallikka hamda mijozlar talablarini qondirib, ularning ishonchini oqlashga intilishda davom etaveradi. Kompaniya ayni damda ushbu nuqsonlar sabablarga aniqlik kiritayotganini va bu masalaga o‘ta jiddiy yondashajagini ma’lum qilgan.

O‘QING: Xiaomi Redmi Note 10'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.