Xiaomi uchta ommabop smartfonini ancha arzonlashtirib sotyapti

  •   DiMaX
  •  3178
  •  02.05.2020 10:57

Xiaomi uchta ommabop smartfonini ancha arzonlashtirib sotyapti

«Xitoycha Apple» kuni kecha Mi Note 10 Lite, Redmi Note 9 hamda global Redmi Note 9 Pro smartfonlarini taqdim etgan. Yangi modellarning savdoga chiqishi arafasida Xiaomi oldingi rusumlardagi telefonlar narxini tushiryapti.

O‘QING: Redmi K30 arzonlashdi – Redmi K30i taqdimoti yaqinmi?

Jumladan, kompaniyaning eng ommabop modellaridan biri, AnTuTu benchmarkining mart oyidagi eng zo‘r o‘rta narxli smartfonlar reytingi yetakchisi – Redmi Note 8 Pro o‘z yurtida va Rossiyada arzonlashdi. Xitoyda uning tezkor/ichki xotirasi 8/128 gigabaytlik varianti narxi 256 dollardan 226 dollargacha pasaytirilgan.

Rossiyada bo‘lsa Redmi Note 8 Pro modelining 6/128 gigabaytlik varianti uchun uch ming, 6/64 gigabaytligi uchun esa 2,5 ming rubllik chegirma joriy etilgan.

O‘QING: TeraTaqqos: Redmi Note 8 Pro’ning global va Hindiston versiyalari – farqlari va narxlari bilan tanishing! (video)

Bundan tashqari, Xiaomi o‘zining Rossiyadagi rasmiy sayti orqali vaqtinchalik, ya’ni faqat bugun – 2 may kuni mal qiluvchi chegirmalarni ham e’lon qilgan. O‘ziyam bu imkoniyatdan faqat ma’lum bir soatlar oralig‘idagina foydalanish mumkin:

Ko‘rib turganingizdek, 6/128 gigabaytlik Xiaomi Mi 9T smartfonini ma’lum bir muddatda odatdagi 28 990 rubl o‘rniga 23 990 rublga olish mumkin. Ushbu modelning 6/64 gigabaytligi esa vaqt cheklovisiz, doimiy asosda 5 ming rublga arzonlashgan – uni endi 20 990 rublga olsa bo‘ladi.

Rossiyada chegirmaga tushgan yana bir smartfon esa Redmi 8 bo‘lib, tegishli soatlarda uning 4/64 gigabaytligini 11 990 o‘rniga 9 990 rubl evaziga olish mumkin bo‘ladi. Ayni shu devaysning 3/32 gigabaytligini esa REDMI832 promokodi orqali chegirma bilan – 9 990 rubl o‘rniga 7 790 rublga olish imkoni mavjud.

Demak, hozirda Rossiyada bo‘lib turgan muxlislarimiz rsmiy saytdagi tegishli sahifaga mana bu havola orqali o‘tib, chegirmalardan foydalanishlari mumkin.

 O‘QING: Taqqos: Xiaomi Mi 9T vs Xiaomi Redmi Note 8 Pro