Xiaomi va Redmi smartfonlari egalarini kompaniya allaqachon MIUI 12 testiga taklif etyapti!

  •   DiMaX
  •  2360
  •  20.03.2020 15:59

Xiaomi va Redmi smartfonlari egalarini kompaniya allaqachon MIUI 12 testiga taklif etyapti!

Yaqinda biz hali taqdim etilmagan MIUI 12 proshivkasi hamda Android 11 tizimigacha yangilanuvchi Xiaomi smartfonlarining ikkita ro‘yxatini e’lon qilganmiz. Endi esa korporatsiya o‘z yurtidagi foydalanuvchilariga ushbu yangilanishning sinovlarida qatnashishni taklif etyapti.

O‘QING: Xiaomi uchta arzon smartfoniga Android 10 tayyorlayapti, yana biriga barqaror global proshivka tarqatyapti ham!

Xitoylik foydalanuvchilar MIUI rasmiy saytida MIUI 12 talqini haqidagi ilk eslatmaga duch kelishdi. Foydalanuvchi biror test dasturida ishtirok etish imkonini izlaganida mos keluvchi biror variant topilmasa, unga MIUI 12 testlariga qatnashish taklif etilyapti.

Yuqoridagi skrinshotda qizil rangli yozuv xitoychadan taxminan bunday tarjima qilinadi: «Topilmadi, lekin allaqachon MIUI 12’da ishtirok eta boshlash mumkin».

Bu esa shundan dalolat beradiki, Xiaomi allaqachon MIUI 12 anonsini berishga tayyor va yaqin orada ushbu apdeyt haqida batafsil ma’lumotlar tarqata boshlaydi. Mazkur grafik qobiqning yakuniy relizi esa shu yilning avgust-sentyabr oylarida bo‘lib o‘tadi.

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlarining rasmiy proshivkalari «xazinasi»ga marhamat!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.