Xiaomi yana bitta arzon smartfon – Redmi 7 taqdimot kunini e’lon qildi!

  •   DiMaX
  •  2311
  •  04.03.2019 11:21

Xiaomi yana bitta arzon smartfon – Redmi 7 taqdimot kunini e’lon qildi!

«Xitoycha Apple» o‘zining arzon smartfonlar turkumini mustaqil Redmi brendi tarzida ajratgach, uning ilk vakili – «yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 modelini taqdim etgandi. Keyinroq esa uning global versiyasini hamda yangi Redmi Note 7 Pro modelini namoyish qildi.

O‘QING: Redmi Note 7 global versiyada taqdim etildi, lekin afsuski, u xitoychasidan farq qiladi

Endi esa mazkur brend ostidagi yanada arzon smartfon – Xiaomi Redmi 7 modelini taqdim etyapti. Kompaniyaning bu haqdagi rasmiy posteriga ko‘ra, taqdimot 6 mart kuni, Ispaniya poytaxti Madrid shahrida bo‘lib o‘tadi:

Posterda modelning nomi to‘liq yozilmasdan, faqat 7 raqami va yangi mahsulot taqdim etilishi ma’lum qilingan. Shunga ko‘ra, ayrim kuzatuvchilar mazkur matbuot anjumanida yangi Redmi 7 modelining namoyishi emas, balki avvalgi – Redmi Note 7 qurilmasining Ispaniya bozori uchun taqdimoti bo‘lib o‘tadi, deyishmoqda.

O‘QING: Xiaomi Redmi 7 hamyonbop smartfoni «jonli» suratlari bilan TENAA’ga chiqdi

Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z rasmiy sahifasida Xiaomi mazkur bannerga #48MpforEveryone heshtegini ilova qilgan. Bunday aniqlikdagi modulga ega kamera esa Redmi Note 7’ning xitoycha versiyasida hamda Redmi Note 7 Pro modelida bor. Kutilayotgan Redmi 7 rusumli smartfon ulardan arzon bo‘lishi sababli, unga 48 megapiksellik kamera o‘rnatilishi ehtimoldan uzoqroq.

Nima bo‘lganda ham, bunga tez orada aniqlik kiritiladi, chunki Xiaomi’ning matbuot anjumaniga ikki kungina vaqt qoldi. Bu boradagi yangiliklardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lib borish uchun Terabayt.uz saytini kuzatishda davom eting.

Eslatib o‘tamiz, xitoycha Redmi Note 7 modelini O‘zbekistonda hozircha faqat AliExpress’dan buyurtma orqali sotib olish mumkin. Jahon bozoriga chiqarilgan ayrim Xiaomi smartfonlarini esa 819 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya doirasida bu xaridingiz yanada yoqimli va manfaatli bo‘ladi.

O‘QING: Redmi Note 7 Pro «kushandasi» 11 martdan sotuvga chiqyapti!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.