Xiaomi yana to‘rt xil smartfon egalarini global MIUI 12’ni o‘rnatib olishga chaqiryapti!

  •   DiMaX
  •  2831
  •  11.06.2020 10:59

Xiaomi yana to‘rt xil smartfon egalarini global MIUI 12’ni o‘rnatib olishga chaqiryapti!

Xiaomi beshta modeldagi qurilmalar egalarini mayning ilk haftasidanoq MIUI 12 testlariga rasman taklif etgan edi. O‘tgan hafta esa ularga mazkur grafik qobiqqa asoslangan global barqaror proshivkani tarqata boshlagan.

O‘QING: 13 xil Xiaomi smartfonlari egalari muhim imkoniyatdan mahrum etilyapti

Kompaniya endi to‘rtta rusumdagi Redmi smartfonlari egalarini MIUI 12 global versining beta-sinoviga taklif etyapti. Unda quyidagi smartfonlar uchun global proshivka sinab ko‘riladi:

  1. Redmi Note 8 Pro
  2. Redmi Note 7 Pro
  3. Redmi Note 7
  4. Redmi Note 7S

MIUI 12 Pilot Testing dasturida ishtirok etish uchun mazkur modellardagi smartfonlar sohiblari 16 iyungacha ushbu havola orqali o‘tib, tegishli shaklni to‘ldirishlari va mana bu havola yordamida Telegram’dagi Mi Community Official guruhiga qo‘shilishlari lozim.

Dasturchilarning ta’kidlashlaricha, sinov dasturi doirasida tarqatilayotgan proshivka hali beta-versiya hisoblanadi va kamchiliklardan xoli emas. Shu sababli uni hamisha ishlatadigan asosiy smartfoningizga o‘rnatmaganingiz ma’qul.

O‘QING: Global proshivka, Global versiya va Xitoy versiya. Bularning farqi nimada?