Xiaomi yangi «san’at asari»ning namoyish kunini e’lon qildi!

  •   DiMaX
  •  672
  •  25.08.2020 12:09

Xiaomi yangi «san’at asari»ning namoyish kunini e’lon qildi!

«Xitoycha Apple» o‘zining o‘n yillik yubileyida jahondagi ilk shaffof televizor – Mi TV Lux Transparent Edition modelini taqdim etgan. Uning birinchi partiyasi atigi bir soniyadayoq sotib tugatilgan bo‘lsa, 16 avgustda savdoga qo‘yilgan ikkinchi partiya ham o‘sha kuniyoq tugab ketgan.

O‘QING: Xiaomi dunyodagi ilk shaffof televizorning asosiy sirini oshkor etdi

Mazkur kompaniya endi navbatdagi televizorining taqdimot sanasini e’lon qildi. Twitter tarmog‘idagi Xiaomi India rasmiy sahifasi anonsiga ko‘ra, uni Xiaomi Mi TV Horizon Edition deb nomlashyapti.

Kompaniya vakillarining ta’kidlashlaricha, mazkur model haqiqiy «san’at asari» bo‘ladi va 7 sentyabrda namoyish qilinadi. Yuqoridagi surat uning ekrani o‘ti yupqa romga ega ekanligini ko‘rsatib turibdi.

O‘QING: Xiaomi «damini olsin» – LG metro vagonlariga oyna o‘rniga shaffof OLED-ekranlar o‘rnatdi!

Xiaomi Mi TV Horizon Edition taqdimotiga bag‘ishlab ochilgan yangi sahifada esa «Qoyilmaqom hissiyot», «Tasvirning yangi texnologiyasi», «PatchWall qobig‘i», «Tezkor to‘lqin» kabi yozuvlarga duch kelamiz.

Bundan tashqari, Xiaomi ta’kidlashicha, Mi TV Horizon Edition kutubxonasida 5000 dan oshiq ilovalar mavjud. Unga joriy etilayotgan Quick Wake funksiyasi, nomidan ham anglashilib turganidek, televizorning juda tez yuklanishini ta’minlaydi.

Mazkur televizorning Netflix, YouTube, Disney+ va boshqa striming platformalarini qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.

Ta’kidlash kerkki, rasmiy namoyishi Hindistonda bo‘lib o‘tadigan Xiaomi Mi TV Horizon Edition televizori oldin Xitoyda yoki boshqa biror mamlakatda chiqqan emas. Ya’ni – u butkul yangi mahsulot, ammo xususiyatlari va narxi hozircha noma’lum.

O‘QING: Redmi o‘ninchi avlod eng arzon smartfonini biryo‘la MIUI 12 bilan chiqardi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.