Xiaomi’ning arzon smartfoni barcha Android-smartfonlar egalari kutayotgan funksiya bilan yangilandi!

  •   DiMaX
  •  1888
  •  22.06.2020 16:05

Xiaomi’ning arzon smartfoni barcha Android-smartfonlar egalari kutayotgan funksiya bilan yangilandi!

Android-smartfonlardagi standart Google Phone (Google Telefon) ilovasidagi qo‘ng‘iroqlarni yozib olish funksiyasi qaytayotgani haqida xabar bergan edik. Mazkur opsiya allaqachon Hindistondagi Nokia smartfonlariga taqdim etilgan.

O‘QING: Siz kutgan funksiya qaysi Android-smartfonlarga qaytyapti – Google aniqlik kiritdi

Bu orada Xiaomi korporatsiyasi 2018 yili taqdim etilgan «toza» Android tizimli Mi A2 smartfonlariga ushbu funksiyani qo‘shdi. Mazkur modeldagi qurilmalarga tarqatila boshlagan V11.0.11.0.QDIMIXM raqamli yangi proshivka atigi 24 megabaytlik hajmga ega. Unda iyun oyi xavfsizlik patchlari hamda yangi versiyadagi – qo‘ng‘iroqlarni yozib olish mumkin bo‘lgan Google Phone ilovasi kiritilgan.

Ayni damda ayrim hududlardagi Xiaomi Mi A2 smartfonlariga yangilanish kelmoqda va ularda qo‘ng‘iroqlarni yozib olish opsiyasi ishlayapti. Bu funksiya barcha hududlar uchun taqdim etiladimi-yo‘qmi – bunisi hozircha noma’lum.

O‘QING: Android-smartfonlar egalari kutayotgan funksiya iPhone’larga taqdim etilyapti!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!