Xiaomi’ning birinchilar qatorida Android 10 Q’gacha yangilanuvchi smartfonlari ro‘yxati

  •   DiMaX
  •  2986
  •  14.06.2019 17:38

Xiaomi’ning birinchilar qatorida Android 10 Q’gacha yangilanuvchi smartfonlari ro‘yxati

Google kompaniyasi Android 10 Q operatsion tizimini kuzga yaqin foydalanuvchilarga butkul taqdim etadi. Hozircha esa ayrim smartfonlarda uning beta-talqinlarini sinab ko‘rish imkoni bor.

O‘QING: Android 10 taqdim etilmasidan Android 11 e’lon qilindi: Google unga «imkonsiz» funksiyani qo‘shyapti!

Terabayt.uz’da o‘ninchi talqindagi – Android Q operatsion tizimigacha yangilanuvchi Samsung smartfon va planshetlari ro‘yxati hamda Huawei smartfonlari ro‘yxati e’lon qilingan. Xitoylik manbalar esa ushbu yangilanishni birinchilar qatorida oluvchi Xiaomi va Redmi telefonlari haqidagi ma’lumotni ham ulashishdi.

Android 10 talqiniga birinchi to‘lqinda «xitoycha Apple»ning atigi 11 modeldagi qurilmasi yangilanar ekan. Mana, ular ro‘yxatiga quyidagi skrinshotda nazar solamiz:

Ko‘ryapmizki, kompaniyaning ayni damdagi flagmanlari hamda bulturgi eng yaxshi smartfonlari birinchilar qatorida o‘ninchi talqindagi «yashil robotcha» bilan do‘stlashadi.

O‘QING: Android 10 Q Beta 4 muammolari hal etildi – uni endi bemalol o‘rnatish mumkin!

Shunday qilib, joriy yilning to‘rtinchi choragida quyidagi modellar Android 10 asosidagi proshivkani qabul qilib oladi:

  1. Xiaomi Mi 9 (Sotib olish)
  2. Xiaomi Redmi K20 Pro
  3. Xiaomi Mi 8 (Sotib olish)
  4. Xiaomi Mi 8 Pro
  5. Xiaomi Mi 8 Explorer Edition
  6. Xiaomi Mi Mix 2S (Sotib olish)
  7. Xiaomi Mi Mix 3 (Sotib olish)
  8. Xiaomi Redmi K20
  9. Xiaomi 9 SE (Sotib olish)

Kelasi yilning birinchi choragida esa yana ikki rusumli smartfonga Android Q operatsion tizimiga asoslangan proshivka tarqatiladi:

  1. Xiaomi Redmi Note 7 (Sotib olish)
  2. Xiaomi Redmi Note 7 Pro

Agar siz ham yuqoridagi modellardan biriga mansub smartfon tutayotgan bo‘lsangiz, yangilanishlarni kuzatib boring. Android 10 ularga bosqichma-bosqich tarqatilishi bois, bizning hududlardagi smartfonlarga sal kechroq kelishi ham mumkin.

Shuningdek, Terashop.uz internet-do‘konimizda turli rusumlardagi Xiaomi telefonlarini atigi 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish mumkinligini eslatib o‘tamiz. Ulardan aksariyatining narxlari ancha pasaytirilgan, shuningdek, to‘lov borasida yangi imkoniyatlar ham paydo bo‘lgan...

O‘QING: Xiaomi smartfonlarini endi pul o‘tkazish (perechisleniye) yo‘li bilan ham olishingiz mumkin!