«Xitoycha Apple» ham haqiqiy iPhone’lar narxlaridagi o‘z XR, XS va XS Max’larini savdoga chiqardi!

  •   DiMaX
  •  4559
  •  15.09.2018 15:22

«Xitoycha Apple» ham haqiqiy iPhone’lar narxlaridagi o‘z XR, XS va XS Max’larini savdoga chiqardi!

12 sentyabrdagi tadbirida kupertinolik korporatsiya iPhone XS, XS Max va iPhone Xr smartfonlarini namoyish etgandi. Shundan so‘ng Xiaomi kompaniyasi flagman ayfonning uch karra arzon klonini ko‘rsatgan.

O‘QING: iPhone Xs taqdimotidan keyinoq Xiaomi uning naq uch baravar arzon klonini namoyish etdi!

Xiaomi bu bilan ham cheklanib qolmadi: Xitoydagi o‘zining onlayn do‘konida aynan bu yilgi ayfon modellariga mos nomlardagi – XR suite, XS suite hamda XS Max set to‘plamlarini sotuvga qo‘ydi. Ularning nafaqat nomlari, balki narxlari ham iPhone XR, XS va XS Max narxlari bilan aynan bir xil!

Farqi shundaki, «xitoycha Apple» bu narxga faqat smartfonning o‘zinigina emas, balki bir necha gadjetlar to‘plamini sotayotir.

Jumladan, eng arzon – XR suite to‘plamining qiymati 947 dollarni tashkil etadi; aytish kerakki, Apple ham o‘zining iPhone XR modeliga Xitoyda aynan shuncha narx belgilagan. Xiaomi’ning mazkur to‘plamiga 6/128 GB xotirali Mi 8 SE smartfoni, Mi Band 3 smart-brasleti, noutbuk 12,5 dyuymlik, 4/256 GB xotirali Mi Notebook Air noutbuki hamda Mi Bluetooth Headset Mini garniturasi kiritilgan.

1268 dollarlik XS Suite jamlanmasida esa 8/256 GB.lik Mi MIX 2S smartfoni, Mi Band 3 «aqlli» bilaguzugi, 13,3 dyuymlik Mi Notebook Air noutbuki va Mi Bluetooth Headset Mini garniturasi mavjud.

Eng qimmat – 1398 dollarlik XS Max to‘plami bo‘lsa 6/128 GB.lik Mi 8 flagmani, Mi Notebook Pro noutbuki, Mi Bluetooth Collar Headset garniturasi hamda Mi Band 3 smart-bilaguzugini o‘z ichiga olgan.

Aytish kerakki, ushbu uchala to‘plamdagi mahsulotlar ham alohida-alohida olganda qimmatga tushgan bo‘lardi. Afsuski, XR suite, XS suite hamda XS Max set to‘plamlari faqat Xitoydagi xaridorlar uchungina amal qiladi.

O‘zbekistonda esa «xitoycha Apple»ning bir qator gadjetlarini tegishli kafolati bilan Terashop.uz internet-do‘konidan olish imkoni mavjud. Jumladan, yaqinda taqdim etilgan «Tezkorlik ustasi» – Pocophone F1 hamyonbop flagmanini ham ushbu do‘konimizdan rasmiy kafolati bilan onlayn xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da aksiya: Xiaomi smartfoni xaridida original Mi quloqchini sovg‘a! Narxlar bilan tanishing (2018 yil 7 sentyabr)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!