Xitoyning eng kuchli o‘nta flagmani (AnTuTu reytingi, 2020 yil iyul)

  •   DiMaX
  •  1224
  •  06.08.2020 13:01

Xitoyning eng kuchli o‘nta flagmani (AnTuTu reytingi, 2020 yil iyul)

AnTuTu servisi Android-smartfonlarning samaradorligi bo‘yicha navbatdagi reytingini e’lon qildi. Unda joriy yilning iyul oyi mobaynida Xitoydagi foydalanuvchilarning ushbu servisdagi tekshiruvlari asosidagi natijalar berilgan.

O‘QING: Xitoyliklarning bu smartfoni AnTuTu reytingini «portlatdi»!

Joriy yilning 6 mart kuni taqdim etilgan smartfon Oppo kompaniyasining Find X2 Pro flagmani, mana ketma-ket beshinchi oydirki, yetakchilikni qo‘ldan bermayapti. Iyuldagi tekshiruvlar bo‘yicha u o‘rtacha 613 048 ballik natija bilan reyting shohsupasini egallagan.

O‘tgan oy reytingida uchinchi o‘ringa tushib qolgan Oppo Find X2 bu gal 606 490 ball bilan ikkinchi pog‘onaga chiqib olgan. Eng qizig‘i – Xiaomi kompaniyasining arzonchi brendiga mansub Redmi K30 Pro modeli 601 706 ball bilan kuchli uchlikka kirgan! Nisbatan qimmat bo‘lgan va iyunda ikkinchi o‘ringa ko‘tarilgan Xiaomi Mi 10 Pro esa bu gal to‘rtinchi pog‘onaga tushgan – 600 940 ball.

Kuchli flagmanlar o‘ntaligiga yana iQOO Neo 3, Oppo Ace 2, Vivo X50 Pro+, Realme X50 Pro, Meizu 17 Pro hamda iQOO 3 modellari kirgan.

Garchi bu galgi reytingga kirgan smartfonlarning nrxlri o‘zro farqlansa-da, ularning barchasi Qualcomm Snapdragon 865 protsessori bazasida tayyorlangan. Endi keyingi oy reytingida jiddiy o‘zgarish bo‘lishini kutamiz, zero, Snapdragon 865 Plus chipseti bazasida bir nechta flagman chiqib ulgurgan.

O‘QING: Galaxy Note 20 va Galaxy Note 20 Ultra taqdim etildi! (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!